Devarn Rohan Green () (1996-yil 26-avgustda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Devarn Green Milliy liga vakili „AFC Telford United“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Devarn Green yoshligidan „Burton Albion“ va „Blackburn Rovers“ futbol klublarining yoshlar jamoasi safida tarbiyalangan. Shunda keyin Devarn Green „Hednesford Town“, „Stourbridge“, „Tranmere Rovers“ va Southport" futbol klublarida oʻzining futbolchilik faoliyatini davom ettirgan. 2020-yil yanvar oyida Devarn Green „Scunthorpe United“ futbol klubi safiga qoʻshilishga rozilik bildirgan.
Faoliyat
Dastlabki yillardagi faoliyati Devarn Green dastlab „Burton Albion“ futbol klubi safidatarbiyalangan. Keyin 16 yoshida „Blackburn Rovers“ futbol klubi safiga ikki yillik stipendiyali shartnoma asosida qoʻshilgan. Devarn Green 2016-yilning yozida „Hednesford Town“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. Green 2017-yil 21-sentyabrda „boshqa joyda imkoniyatlarni qoʻlga kiritish uchun klubdan ketishga qaror qilgani“ haqida xabarlar paydo boʻlganidan soʻng, u „Hednesford Town“ futbol klubini tark etgan. Oʻsha oyning oxirida Devarn Green Shimoliy Premyer liga vakili „Stourbridge“ futbol klubiga qoʻshilgan. Ammo klub Devarn Greenni 28-oktyabr kuni nomaʼlum toʻlov evaziga Milliy liga vakili „Tranmere Rovers“ futbol klubiga sotgan. Devarn Green 2018-yilning 27-iyunida „Soutport“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Scunthorpe United Devarn Green 2020-yil 31-yanvarda „Scunthorpe United“ futbol klubi bilan nomaʼlum toʻlov evaziga 18 oylik shartnoma imzolagan.
Devarn Green 2022-yil 31-yanvarda klubni tark etgan.
AFC Telford United 2022-yil 8-mart kuni Green Milliy liga vakili „AFC Telford United“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan.
Faoliyat statistikasi
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Boshqa Jami Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Tranmere Rovers 2017—2018 Milliy liga 3 1 0 0 — 0 0 3 1 Southort 2018—2019 Milliy liga 33 2 4 1 — 0 0 37 3 2019—2020 Milliy liga 24 6 1 0 — 2 0 27 6 Jami 57 8 5 1 0 0 2 0 64 9 Scunthorpe United 2019—2020 Ikkinchi liga 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0 2020—2021 Ikkinchi liga 36 3 1 0 1 0 2 0 40 3 2021—2022 Ikkinchi liga 15 0 1 0 1 0 1 0 18 0 Jami 53 3 2 0 2 0 3 0 60 3 AFC Telford United 2021—2022 Milliy liga 0 0 0 0 — 0 0 0 0Jami 112 12 7 1 2 0 5 0 126 13
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar