Ryan Jiro Gravenberch (talaffuzi: Rayan Jiro Gravenberx; 2002-yil 16-mayda tugʻilgan) – gollandiyalik professional futbolchi, Premyer-liga klubi Liverpul va Gollandiya milliy futbol terma jamoasi yarim himoyachisi hisoblanadi.

Klubdagi faoliyati

Ajax Gravenberch 2010-yilda „Ayaks“ yoshlar akademiyasiga qoʻshildi va oʻzining kichik bosqichlarini bosib oʻtdi. 2018-yil 7-iyun kuni u „Ayaks“ akademiyasining eng yaxshi iqtidorini tan oladigan ilk „Abdelhak Nuri Trofee“ni oldi. Ryan Gravenberch oʻsha kuniyoq „Ayaks“ bilan ilk professional shartnomasini imzoladi va uni 2023-yilgacha klubda qoldirdi. Gravenberch oʻzining professional debyutida "Young Ayaks " bilan 2018-yilning 24-avgustida „Dordrext“ ustidan 5:2 hisobida gʻalaba qozongan edi.

Gravenberch 2018-yilning 23-sentyabrida PSVga qarshi Erediviziyada 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan „Ayaks“ safida debyutini oʻtkazdi. Gravenberch Erediviziyada 16 yoshu 130 kunlik oʻynagan „Ayaks“ tarixidagi eng yosh futbolchi boʻldi va Klarens Zeedorf oʻrnatgan 16 yoshu 242 kunlik rekordni ortda qoldirdi.

2020-yil 25-noyabrda Gravenberch Chempionlar ligasidagi ilk golini 2020-21-yilgi mavsumda "Midtyulland „ ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.

2021-yil 18-aprelda Gravenberch KNVB kubogi-2021 finalida“Vitess" klubi ustidan 2:1 hisobidagi gʻalabada birinchi golni urdi.

Bayern Munich 202-yil 13-iyunda Gravenberch Bundesliga klubi „Bavariya“ bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. „Ayaks“ klubiga toʻlangan transfer narxi 18 million yevroni tashkil etgan va qoʻshimcha 5 million yevro oʻzgaruvchan. 2022-yil 31-avgustda u DFB-Pokalda Viktoriya Kyoln ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda oʻzining birinchi golini kiritdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Xalqaro darajadagi faoliyati Gravenberch Gollandiya yoshlar terma jamoasi hisoblanadi. 16 yoshida u Gollandiya U19 terma jamoasini 2018-yil 5-sentabrda Angliya U19 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 4:1 hisobida magʻlub etgan

U 202-yilning noyabr oyida Niderlandiya terma jamoasiga chaqirilgan edi. Ryan Gravenberch 2021-yilning 24-martida Turkiyaga qarshi jahon chempionati saralash oʻyinida debyut qilgan. 2021-yil 6-iyun kuni Gollandiya 3:0 hisobida gʻalaba qozongan Gruziyaga qarshi xalqaro oʻrtoqlik oʻyinida Gravenberch gol urdi.

Shaxsiy hayoti Gravenberch Gollandiyada tugʻilgan va asli surinamlik. Gravenberchning akasi Danzell Gravenberch ham professional futbolchi.

Faoliyat statistikasi

Klubdagi natijalari

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollari Klub Mavsum Liga Kubok Kontinental Boshqa Jami Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Yong Ayaks 2018-19 Erste divizioni 27 2 — — — 27 2 2019-20 17 6 — — — 17 6 Jami 44 8 — — — 44 8 Ayaks 2018-19 Eredivizion 1 0 1 1 0 0 — 2 1 2019-20 9 2 2 1 1 0 0 0 12 3 2020-21 32 3 4 1 11 1 — 47 5 2021-22 30 2 3 1 8 0 1 0 42 3 Jami 72 7 10 4 20 1 1 0 103 12 „Bavariya“ 2022-23 Bundesliga 8 0 1 1 5 0 1 0 15 1 Jami faoliyati 124 15 11 5 25 1 2 0 162 21

Xalqaro maydonda

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtiroki va gollari Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Niderlandiya 2021 10 1 2022 1 0 Jami 11 1

2021-yil 6-iyun kuni boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra. Gollandiya hisobi birinchi boʻlib koʻrsatilgan, ballar ustuni Gravenberchning har bir golidan keyingi hisobni koʻrsatadi.

Raq Sana Joy Oʻyinlar Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2021-yil 6-iyun De Grolsch Veste, Enschede, Niderlandiya 5 3-0 3-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yutuqlari Ajax

Erdivizion: 2018—2022-yillar KNVB kubogi: 2018-21-yillar.

"Bavariya"

DFL-Superkubogi: 2022-yil

Niderlandiya U17

17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2018-yil

Individual

„Ayaks kelajak isteʼdodi“ (Abdelhak Nuri mukofoti): 2018-yil. Ayaksning eng yaxshi iqtidori (Marko van Basten mukofoti): 2021-yil. Yoxan Kroyff kubogi: 2020—2021-yillar.

Manbalar

Havolalar

Career stats – Voetbal International UEFA Youth League Profile Ons Oranje U16 Profile Ons Oranje U17 Profile Ons Oranje U19 Profile

Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:AFC Ajax futbolchilari Turkum:Jong Ajax futbolchilari Turkum:FC Bayern Munich futbolchilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Eerste Divisie futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar