thumb|305x305px| Neytrofillar tugʻma immunitet reaksiyasi tufayli shikastlanish yoki infeksiya joyidagi toʻqimalarga qon tomirlaridan oʻtadi. Diapedez ( — sakrab chiqaman, sakrayman) — qon hujayralarining kapillyarlar va mayda tomirlarning tonusi va oʻtkazuvchanligi buzilishi hisobiga, xususan, bu tomirlarni oʻrab turgan toʻqimalarning yalligʻlanishida kuzatiladigan tomir devorlari orqali chiqish jarayoni. Diapedez qon ketishi turlaridan biri hisoblanadi.

Neytrofillar diapedezi — neytrofillarning toʻqimalarga oʻtish jarayoni. Bunda, neytrofillar hujayralararo bogʻlanishlarning buzilishi tufayli postkapillyar venulalarning endotelial hujayralari orasidagi boʻshliqlar (fenestralar)ga kirib boradi. Diapedez koʻchib yuruvchi neytrofillar va endotelial hujayralar devorida joylashgan PECAM-1 adgezion molekulalari tomonidan amalga oshiriladi. Manbalar

Turkum:Immunologiya Turkum:Fiziologiya Turkum:Qon kasalliklari