Ismael Blanco (; 1983-yil 19-yanvarda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi, Argentinaning „Ciudad de Bolívar“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Argentina Blanco faoliyatini 2002-yilda Colón bilan boshlagan. 2004-yilda tizzasidan jiddiy jarohat oldi. Asosiy jamoadagi oʻrnini yoʻqotib, reabilitatsiyadan soʻng 2005-yil yanvar oyida Paragvayning „Libertad“ klubiga ijaraga berildi va 2005-yilgi Libertadores kubogida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi. Jamoasining 1-guruhdagi muvaffaqiyatsiz harakatlari davomida ikki marta gol urdi.  AEK Athens Blanco Colónda uzoq qolmadi. 2007-yil 10-avgustda Blanco ijara asosida AEK Athensga qoʻshildi. 2007-yil 20-sentyabrda „Red Bull Salzburg“ga qarshi UEFA kubogi oʻyinida ilk bor maydonga tushdi. Keyin „Atromitos“ga qarshi Gretsiya Superligasida debyut qildi va oʻyinda dubl qayd etdi, AEK Athens 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Yevrokuboklardagi birinchi golini 2007-yil 13-fevralda „Getafe“ga qarshi oʻyinning 94-daqiqasida kiritdi, oʻyin 1-1 hisobida yakunlandi. Blanco 2007—2008-yilgi Gretsiya Superligasida 28 oʻyinda 19 ta gol urib, eng yaxshi toʻpurar boʻldi (oltita pley-off oʻyinida yana bir bor gol urdi).

San Luis 2011-yil 18-avgustda Blanco Meksikaning San Luis klubi bilan shartnoma imzoladi. Meksika ligasida 15 oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urishga muvaffaq boʻldi. 1860 Munich Blanco 2012-yilda TSV 1860 Munich bilan shartnoma imzoladi. 2.Bundesligada 13 ta oʻyinda raqib darvozasini ishgʻol qila olmadi, shu tariqa klubning umidlarini puchga chiqardi.

Janubiy Amerikaga qaytish 2013-yil fevral oyida Blanco oʻz vatani Argentinaga qaytib, Club Atlético Lanúsga qoʻshildi. 16-iyun kuni Blanco ikki marta „River Plate“ darvozasini ishgʻol qildi, natijada 5:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. 2013-yilgi Torneo finalida 16 oʻyinda 5 ta gol urdi va Lanus uchinchi oʻrinni egalladi.

2014-yil 17-avgustda Blanco Guayaquil shahrida joylashgan Ekvador sport klubi Barcelona SC bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Transferning umumiy summasi 2,9 mln yevroga baholangam.

2016-yil 22-avgustda yana Colónga qoʻshildi. 2017-yil 11-avgustda „Atlético Tucumán“ga oʻtdi.

Egaleo 2020-yil yanvar oyida Gretsiyaning Egaleo klubiga qoʻshildi. Blanco avvalroq Argentina ikkinchi divizionida „Atletiko Mitre“ klubida oʻynagan va oʻtgan mavsumda 11 oʻyinda 3 ta gol urgan. Argentina klubi bilan shartnomasini uzaytirmadi va 37 yoshida Gretsiyaga qaytishga qaror qildi.

Shaxsiy hayoti Blanco asli misrlik. Sebastián Blanconing eng katta akasi.

Faoliyati statistikasi KlubMavsumLigaKubokQitʼaPley-oflarJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarClub Atlético Colón2002—2003Argentina birinchi divizioni1951100002062003—20041430000001432004—2005163210000184Jami49113200005213Libertad2005Paragvay ligasi155006200217Olimpo2005—2006Argentina birinchi divizioni2450000002452006—2007Primera Nacional38280000003828Jami62330000006233AEK Athens2007—2008Super Liga281920716143212008—2009301465216344232009—201029810845143132010—20112297472303915Jami1095016924820516972San Luis2011—2012Liga MX152000000152Legia Warsaw2011—2012Ekstraklasa604200001021860 Munich2012—20132.Bundesliga130220000152Lanús2012—2013Argentina birinchi divizioni1651000001752013—20142640014200406Jami42910142005711Barcelona SC2014Ecuadorian Serie A2012004200241420154214006000481420169100000091Jami712700102008129Club Atlético Colón2016—2017Argentina birinchi divizioni226000000226Atlético Tucumán2017—2018Argentina birinchi divizioni172312000223Club Atlético Mitre2018—2019Primera Nacional307100000317Jami faoliyati47816029165614205584187

Yutuqlari ; Olimpo

Nacional B: 2006 Apertura, 2007 Klausura; AEK Athens Gretsiya kubogi: 2010—2011; ikkinchi oʻrin: 2008—2009 Sidney futbol festivali: 2010-yil; Legia Warsaw Polsha kubogi: 2011—2012; Lanus Copa Sudamericana: 2013-yil; Barselona SC Ekvador A Seriyasi finalchisi: 2014-yil; Atletiko Tucuman Argentina kubogi sohibi: 2017—2018

Individual

Nacional B Eng yaxshi toʻpurar: 2006 Apertura, 2007 Klausura Gretsiya Superligasining eng yaxshi xorijlik futbolchisi: 2007—2008 Gretsiya Superligasi eng yaxshi toʻpurari: 2007—2008, 2008—2009 Gretsiya Kubogining eng yaxshi toʻpurari: 2008—2009, 2010—2011

Manbalar

Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari Turkum:Argentinalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Misrlik erkak futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar