Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharchada 6211 ta xonadonda 15025 nafar aholi istiqomat qilganSakaki town official statistics , aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 280 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 53,64 kvadrat kilometr (20,71 mi²) ga teng.

Geografiyasi Sakaki Toushin mintaqasida yaʼni Nagano prefekturasining shimoliy-markaziy qismida joylashgan. Shahar hududidan Chikuma daryosi oqib oʻtadi. left|thumb|270x270px|Sakakidagi Chikuma daryosi ustidagi Shova koʻprigi Atrofdagi munitsipalitetlar

Nagano prefekturasi Ueda Chikuma

Iqlimi Shahar iqlimi issiq boʻlib, nam yoz va sovuq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Sakakida oʻrtacha yillik harorat 12,4 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1086 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,9 °C, eng past harorati esa yanvarda, −0,3 °C atrofida boʻladiSakaki climate data.

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraSakaki population statistics, Sakaki aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida nisbatan oʻzgarmas holda saqlanib qolgan.

Tarixi Hozirgi Sakaki hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Bu hudud ilk Edo davrida qisqa muddatli Sakaki domenining (1683—1702) bir qismi hisoblangan va undan keyin Meidzi qayta tiklanishigacha Naka-no-jō daikanshō orqali toʻgʻridan-toʻgʻri Tokugava syogunati tomonidan boshqariladigan Tenryo hududi sirasiga kirgan. Zamonaviy Sakaki qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan va 1904-yil 12-iyulda shaharcha maqomiga koʻtarilgan. Shahar 1955-yil 1-aprelda qoʻshni Nakanojo va Nanjo qishloqlarini shuningdek, 1960-yil 1-aprelda qoʻshni Sarashina tumanidan Murakami qishlogʻini oʻziga qoʻshib oldi.

Iqtisodiyoti Qurilish uskunalari ishlab chiqaruvchi Takeuchi Manufacturing kompaniyasining bosh qarorgohi shu shaharda joylashgan"Company Profile." Takeuchi Manufacturing. Retrieved on September 17, 2015.. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan asosan sholi yetishtiriladi, shuningdek, bogʻdorchilik (olma, nok va uzum) va gulchilik ham rivojlangan.

Taʼlim tizimi Sakaki shahar hukumati tomonidan boshqariladigan uchta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabiga ega shuningdek Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta yuqori maktab ham faoliyat yuritadi.

Mashhur joylar

Katsurao qal’asi — Murakami urugʻining uy qal’asi vazifasini bajargan. Bugungi kunda faqatgina qal’a harobalarigina saqlanib qolgan.

Transporti

Temir yoʻl

22x22px Shinano temir yo'li — Shinano temir yoʻli liniyasi Tekuno-Sakaki — Sakaki

Magistral yoʻl

link=|alt=E18|24x24px Joshin-etsu tezyurar yoʻli Milliy yoʻnalish 18 Galereya

Manbalar

Havolalar

Rasmiy sayti

Turkum:Nagano prefekturasidagi shaharchalar Turkum:Sakaki (Nagano)