Abdul-Fatai Alashe (1993-yil 21-oktyabrda AQShning Michigan shtati Sautfild shahrida tugʻilgan) — amerikalik futbolchi, himoyachi hisoblanadi.
Klublardagi faoliyati left|thumb|249x249px| Alashe San Jose Earthquakes safida 2015-yil boshida Abdul-Fatai Alashe „San Jose Earthquakes“ futbol klubiga 4 raqam ostida qoʻshilgan. 8-mart kuni „Dallas“ futbol klubiga qarshi oʻyinning 2-boʻlimida Matias Peres Garsiya oʻrniga maydonga tushgan Fatai MLSda debyut qildi. 23-mart kuni „Chicago Fire“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „San Jose Earthquakes“ futbol klubi safida birinchi golini urdi. 2015-yilgi mavsum yakunida Abdul-Fatai Alashe MLSda yilning eng yaxshi yangi futbolchisi mukofotiga nomzodlar roʻyxatidan joy olgan va natijada ikkinchi oʻrinni band etgan. 2017-yilda Abdul-Fatai Alashe „San Jose Earthquakes“ futbol klubidan USLning „Reno 1868“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan.
2021-yil 24-martda Abdul-Fatai Alashe „Sacramento Republic“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. U 30-aprelda 2021-yilgi mavsumning ochilish oʻyinida „Los Angeles Galaxy II“ futbol klubiga qarshi oʻyinda „Sacramento Republic“ futbol jamoasi safida debyut qildi. 2021-yilgi mavsum oxirida Abdul-Fatai Alashening „Sacramento Republic“ futbol klubi bilan shartnomasi yakunlangan.
Xalqaro faoliyati 2015-yilda 22 yoshgacha boʻlgan AQSh yoshlar terma jamoasi tarkibida Abdul-Fatai Alashe Tulon turnirda ishtirok etgan.
2015—2016-yillarda AQSh Olimpiya terma jamoasi tarkibida Abdul-Fatai Alashe 2016-yilgi Olimpiya oʻyinlarining futbol turniri saralash oʻyinlarida ishtirok etgan.
2016-yil yanvar oyida Abdul-Fatai Alashe Islandiya va Kanadaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga AQSh milliy terma jamoasiga chaqirildi, biroq jarohat olgani tufayli oʻyinlarda ishtirok eta olmagan.
Statistika JamoaMavsumLigaOchiq kubokMLS kubogiJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSan Jose Earthquakes201528210 - -292201628310 - -29320171701000180201812000 - -120FC Cincinnati20191112100132202030 - -0030Columbus Crew202000 - -0000Jami99651001047Reno 1868 FC (ijara)20172000 - -20FC Cincinnati (ijara)201871002091Jami910020111Umumiy faoliyatida108751201158
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Sportchilar