2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali 2011-yil 17-iyulda Germaniyaning Frankfurt shahridagi Commerzbank-Arena stadionida boʻlib oʻtgan futbol oʻyini boʻlib, 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻolibini aniqlash uchun oʻtkazilgan. 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Yaponiya va AQSh ayollar terma jamoalari oʻynadi. Yaponiya terma jamoasi qoʻshimcha vaqtdan keyingi 2:2 hisobidagi durangdan soʻng penaltilar seriyasida 3:1 hisobida gʻalaba qozondi va FIFA Jahon chempionati finalida gʻalaba qozongan birinchi Osiyo jamoasiga aylandi. 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalining hayratlanarli natijasi va Yaponiyaning chempionlik sari yoʻli tarixdagi ushbu oʻyini ayollar futboli dunyosidagi eng katta gigant jamoaning oʻlimi sifatida qabul qilindi. Vaholangki, Yaponiya turnir oldida favorit jamoa sifatida koʻrilmagan edi. 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalidagi gʻalaba mamlakat uchun yanada mazmunli ham boʻldi, chunki Yaponiya 2011-yildagi Tohoku zilzilasi va tsunami taʼsirini hali ham his qilardi, (bu tabiiy foija natijasida 15 000 dan ortiq odam oʻlgan edi).

2011-yilgi final Yaponiyada 2011-yil 24-iyulda boʻlib oʻtgan raqamli tizimga oʻtishdan oldin efirga uzatilgan soʻnggi yirik sport tadbiri boʻldi.

2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oltinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati musobaqasi boʻlib, ayollar milliy assotsiatsiyasi futbol jamoalari uchun eng nufuzli Jahon chempionati edi„FIFA Womenʼs World Cup 2011 — Technical Report: Overall ranking“ (PDF). FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association. p. 89. Retrieved 1 July 2019.. 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 2011-yil 26-iyundan 17-iyulgacha Germaniyada boʻlib oʻtdi. Germaniya 2007-yil oktyabr oyida 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatini oʻtkazish huquqini qoʻlga kiritgan ediFIFA Womenʼs World Cup 2011 match schedule published. FIFA.com. 20 March 2009. Retrieved 16 June 2011.. 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Yaponiya finalda Amerika Qoʻshma Shtatlariga qarshiqoʻshimcha vaqtdan keyin 2:2 hisobida durang oʻynadi va penaltilar seriyasida gʻalaba qozondiDFB benennt zwölf Städte und Stadien für Frauen-WM 2011. DFB.de. 11 May 2007. Retrieved 30 July 2008. va FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatini yutgan birinchi Osiyo jamoasi boʻldi.

2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati umum tavsifi 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oʻyinlari mamlakatning toʻqqizta shahridagi toʻqqizta stadionda boʻlib oʻtdi, final esa Frankfurtdagi Commerzbank Arenasida boʻlib oʻtdiWM 2011: So funktioniert der Ticketverkauf. DFB.de. 29 October 2009. Retrieved 14 June 2011. . 2009-yilda boshlangan 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga saralash turniridadan jami oʻn oltita jamoa tanlab olindiCanada gets 2015 Womenʼs World Cup of soccer. CBCSports.ca. 3 March 2011. Retrieved 16 June 2011..

2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalistlari 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalibirinchi Jahon chempionatida gʻalaba qozonganidan beri ayollar assotsiatsiyasi futbolida asosiy kuch boʻlib kelgan Amerika Qoʻshma Shtatlar va hech qachon katta Jahon chempionligini qoʻlga kirita olmagan va hatto yirik Jahon musobaqasining finaliga qadar etib borgan Yaponiya ayollar milliy terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Bu AQShning 12-yildan keyin FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalidagi ilk chiqishi ham edi. 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Amerika Qoʻshma Shtatlari 1991 va 1999-yillarda gʻalaba qozonib, uchinchi Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi jamoa boʻlishga daʼvogar edi. Yaponiya terma jamoasi esa AQSh, Norvegiya va Germaniyaga qoʻshilib, Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan toʻrtinchi jamoa boʻlishga daʼvogar edi. Qizigʻi shundaki, musobaqa boshlanishidan avval Yaponiya tomoni oʻz vatanida sodir boʻlgan dahshatli zilzila tufayli musobaqadan deyarli chiqib ketgan edi, chunki Yaponiyada ayollar ligasi toʻxtatilgan va yakunda bekor qilingan ham edi.

2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati final oʻyini ikki jamoa oʻrtasidagi Jahon chempionatidagi uchinchi oʻyin boʻldi. Amerika Qoʻshma Shtatlari 1991-yilda guruh oʻyinida Yaponiyani 3: 0 hisobida va 1995-yil chorak final uchrashuvida 4: 0 hisobida gʻalaba qozongan edi. 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finaliga chiqqan Qoʻshma Shtatlar jamoasi Yaponiyaga hech qachon yutqazmagan edi: 22 gʻalaba va 3 durang. Jahon chempionatidan oldin FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon reytingida AQSh birinchi oʻrinni egallagan, Yaponiya esa toʻrtinchi oʻrinni egallagan edi. Toʻrtinchi oʻrinda boʻlishiga qaramay, juda kam odam Yaponiyani turnirda gʻalaba qozonish u yoqda tursin, yarim finalga chiqishini kutgandi.

Yaponiya 1999-yilda Xitoyning AQShga qarshi oʻyinidan soʻng FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finaliga chiqqan ikkinchi Osiyo terma jamoasi boʻldi. 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finali, shuningdek, Yevropa terma jamoasi ishtirok etmagan ikkinchi final edi.

2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati final yoʻli YaponiyaBosqichUnited StatesRaqib terma jamoaNatijaGroup stageRaqib terma jamoaNatija2-11-tur2-04-02-tur3-00-23-tur1-2Raqib terma jamoaNatijaPley-off bosqichiRaqib terma jamoaNatija1-0 (a.e.t.)Chorak final2-2 (a.e.t.) (5-3 pen.)3-1Yarim final3-1 right|thumb| Impuls Arenada Yaponiyaning Angliyaga qarshi guruh bosqichi oʻyini FIFA reytingida dunyoda 1-oʻrinda boʻlishiga qaramayFIFA/Coca-Cola Womenʼs World Ranking, FIFA.com. , Amerika Qoʻshma Shtatlari 2011-yilgi Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan soʻnggi jamoa boʻldi. KONKAKAF saralash bosqichi sifatida xizmat qiladigan 2010-yilgi KONKAKAF ayollar oltin kubogida uchinchi oʻrinni egallagan Qoʻshma Shtatlar uy va mehmondagi pley-offda Italiya ayollar terma jamoasini magʻlub etib 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga soʻnggi yoʻllanmani egallashga majbur boʻldi. FIFA reytingida 4-oʻrinni egallab turgan Yaponiya OFK saralash bosqichi sifatida xizmat qilgan 2010-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo Kubogida uchinchi oʻrinni egallab, turnirga yoʻllanma olgan edi.

Birinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiguruh oʻyinida magʻlub boʻlgan Amerika Qoʻshma Shtatlari jamoasi Shvetsiya ayollar terma jamoasidan keyin C guruhida ikkinchi oʻrinni egallab, pley-off bosqichiga chiqdi. Chorak finalda ular Braziliya terma jamoasini penaltilar seriyasida yengishdi. Shundan soʻng Amerika Qoʻshma Shtatlari Fransiyani 3:1 hisobida magʻlub etib, 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finaliga chiqdi.

Yaponiya guruh oʻyinlarida Yaponiyani magʻlub etgan yagona jamoa boʻlgan Angliyadan keyin B guruhida ikkinchi oʻrinni egallab, pley-off bosqichiga chiqdi. Keyin Yaponiya mezbon davlat, ikki karra amaldagi chempion Germaniyani qoʻshimcha vaqtda 1:0 hisobida dogʻda qoldirdi. Keyin ular Shvetsiyani 3:1 hisobida magʻlub etib, 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finaliga chiqdi.

2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati final oʻyini

Yaponiya va AQSh

Darvozabon21Ayumi KaihoriOʻng qanot himoyachisi2Yukari KingaMarkaziy qanot himoyachisi3Azusa IwashimizuMarkaziy qanot himoyachisi4Saki KumagaiChap qanot himoyachisi15Aya SameshimaOʻng qanot yarim himoyachisi11Shinobu OhnoMarkaziy yarim himoyachi6Mizuho SakaguchiMarkaziy yarim himoyachi10Homare Sawa (Jamoa sardori)Chap qanot yarim himoyachisi8Aya MiyamaMarkaziy hujumchi7Kozue AndoMarkaziy hujumchi9Nahomi KawasumiZaxiradan maydonga tushgan futbolchilar:Hujumchi18Karina MaruyamaHujumchi17Yūki NagasatoHujumchi20Mana IwabuchiBosh murabbiy:Norio Sasaki415x415pxDarvozabon1Hope SoloOʻng qanot himoyachisi11Ali KriegerMarkaziy qanot himoyachisi19Rachel BuehlerMarkaziy qanot himoyachisi3Christie Rampone (Jamoa sardori)Chap qanot himoyachisi6Amy LePeilbetOʻng qanot yarim himoyachisi9Heather O'ReillyMarkaziy yarim himoyachi10Carli LloydMarkaziy yarim himoyachi7Shannon BoxxChap qanot yarim himoyachisi15Megan RapinoeHujumchi12Lauren CheneyMarkaziy hujumchi20Abby WambachZaxiradan maydonga tushgan futbolchilar:Hujumchi13Alex MorganYarim himoyachi17Tobin HeathBosh murabbiy: Pia Sundhage Uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi:

Ayumi Kaihori (Yaponiya)

Yordamchi hakamlar:

Marina Wozniak (Germaniya)

Katrin Rafalski (Germaniya)

Rasmiy toʻrtinchi hakam:

Jenny Palmqvist (Shvetsiya)

Manbalar

Havolalar

FIFA 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining rasmiy sayti

Turkum:Ayollar futboli