Moʻminjon Azimov — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Biografiyasi Azimov Moʻminjon 1904-yil Eski Margʻilon shahrida dunyoga kelgan. 1925-yildan KPSS aʼzosi hisoblangan.

1929-yildan boshlab Azimov mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1929—1948-yillarda Moʻminjon Azimov Toshkentdagi kinofabrikada montajchi, mexanika ustaxonalarida bolgʻachi, Tojikiston SSRning Qoʻrgʻontepa viloyat kasaba uyushmalari kengashi raisi, Samarqand shahridagi jamgʻarma kassasi boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, Moʻminjon Oʻzbekiston Kompartiyasining Markaziy nazorat komissiyasi Toshkent shahar kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasining Kogon okrug qoʻmitasi 1-kotibi boʻlgan. Hamda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining oliy nazorat organi tomonidan unga tegishli vakolat berilgan. Qolaversa, Azimov Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan shahar qoʻmitasining 1-kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasining Fargʻona viloyati boʻyicha tashkiliy byurosi 1-kotibi, Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR oziq-ovqat sanoati xalq komissari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent tuman okrug qoʻmitasining 1-kotibi, Oʻzbekiston SSRda Oʻrmon xoʻjaligi vaziri vazifalarida ham xizmat qilgan.

Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 1- va 2-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

1948-yilda Toshkentda vafot etgan.

Havolalar

Filippov S. G. 1934—1939-yillarda KPSS (b) ning hududiy rahbarlari: maʼlumotnoma. — M.: „ROSSPEN“, 2016. — p. 82-83.

Turkum:1904-yilda tugʻilganlar Turkum:Margʻilonda tugʻilganlar Turkum:1948-yilda vafot etganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan shahar qoʻmitasining birinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Fargʻona viloyat qoʻmitasining birinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston SSR xalq komissarlari va vazirlari Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 1-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-chaqiriq deputatlari