Bright Enobakhare () (1998-yil 8-fevralda tugʻilgan) — nigeriyalik professional futbolchi. Bright Enobakhare hozirgi kunda Ukraina Premer-ligasi vakili „Rukh Lviv“ futbol jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati

Dastlabki yillar 15 yoshida vatani Nigeriyadan Angliyaning Birmingham shahriga koʻchib oʻtgan Bright Enobakhare „Northfield Town“ futbol klubida oʻynay boshladi. Muvaffaqiyatidan soʻng, Enobakhare „Wolverhampton Wanderers“ futbol klubi akademiya tizimiga qoʻshilishdan oldin bir nechta klublarda sinovlardan oʻtdi.

Wolverhampton Wanderers 2015-yilning yozida Bright Enobakhare oʻzining ilk professional shartnomasini „Wolverhampton“ futbol klubi bilan imzoladi. Bright Enobakhare 2-avgust kuni Keepmoat stadionida „Doncaster Rovers“ futbol klubiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (4:3 hisobida gʻalaba) klub safidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi. Toʻrt kundan soʻng, bosh murabbiy Kenny Jackett boshqa hujumchilar etishmasligi tufayli Bright Enobakhare kelgusi mavsumda asosiy tarkibda oʻynashini aytdi.

2018-yilning 31-avgustida Bright Enobakhare yangi yilgacha Shotlandiya Premer-ligasining „Kilmarnock“ futbol klubiga ijaraga berildi. Shundan soʻng, Bright Enobakhare mavsumning qolgan qismida ijara asosida Birinchi liga vakili „Coventry City“ futbol klubi safiga qoʻshildi.

2019-yil 8-avgustda Bright Enobakhare Chempionat vakili „Wigan Athletic“ futbol klubi safiga mavsum uchun ijara asosida qoʻshildi. Bright Enobakhare EFL kubogi va ikkita liga oʻyinini zaxira oʻrindigʻida oʻtkazdi.

2020-yil 14-may kuni Bright Enobakhare asosiy jamoada jami 49 ta oʻyin oʻtkazib, asosiy klubi uchun 3 ta gol urganidan soʻng oʻzaro kelishuvga koʻra „Wanderers“ futbol klubini tark etdi.

AEK Athens 2020-yil 20-iyun kuni „AEK Athens“ futbol klubi Bright Enobakhareni uch yillik shartnoma asosida, bepul transfer evaziga sotib olganini rasman eʼlon qildi. 2020-yil 5-oktyabrda Bright Enobakhare klub bilan kelishuvga erishganidan bir necha oy oʻtgach, ular bilan shartnomasini oʻzaro bekor qildi.

East Bengal 2021-yil 1-yanvarda Bright Enobakhare Hindiston Superligasining „SC East Bengal“ futbol klubi jamoasiga 2020—2021-yilgi Hindiston Superligasi mavsumining qolgan qismi uchun qoʻshildi.

Coventry Town 2021-yilning 13-iyulida Bright Enobakhare „Coventry City“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2021-yil 1-noyabrda uning shartnomasi Enobakhare bilan oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilindi.

Hapoel Jerusalem 2022-yil 30-yanvarda Bright Enobakhare „Hapoel Jerusalem“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. U keyinchalik mashgʻulotlarni oʻtkazib yuborganligi va mast holda mashina haydaganligi sababli 4-aprelda qoʻyib yuborildi.

Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarWolverhampton Wanderers2015—2016Chempionat700021—912016—20171301000—1412017—20182112031—2622018—2019Premer liga000000—002019—2020000000—00Jami411305200493Kilmarnock (ijara)2018—2019Shotlandiya Premer ligasi60———60Coventry City (ijara)2018—2019Birinchi liga186———186Wigan Athletic (ijara)2019—2020Chempionat20—10—30AEK Athens2020—2021Gretsiya Superligasi1100——11East Bengal2020—2021Hindiston Superligasi12300——123Coventry City2021—2022Chempionat000010—10Hapoel Jerusalem2021—2022Isroil Premer ligasi400000—40Jami84113072009413

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Nigeriyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar

Turkum:Nigeriyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Shotlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Hindistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Isroildagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qatardagi muhojir erkak futbolchilar