right|thumb|270x270px|Olti yilda bir marta oʻtkaziladigan Suva- taishadagi Onbashira Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-mart holatiga koʻra 20698 xonadonda 48.972 nafar aholi istiqomat qilganSuwa city official statistics va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 452 kishidan toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 109,17 kvadrat kilometr (42,15 mi²) ni tashkil etadi.
Tarixi Suva koʻli qirgʻoqlarida hech boʻlmaganda yapon paleolit davridan buyon yerlik aholi yashab kelmoqda. Suva sulolasi bu hududni Nara davridan beri boshqargan va bu hudud Edo davridagi Tokugava syogunati davridagi Suva domenining qal’a shahri va Koshu Kaido shossesida post stansiyasi sifatida rivojlangan. 1889-yil 1-apreldagi Meiji restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotlarida Kamisuva qishlogʻi tashkil etildi. Kavasuva 1891-yil 20-aprelda shaharcha maqomiga koʻtarildi. Shiga va Toyoda (Suva tumanidan) qishloqlari bilan birlashgandan soʻng, Kamisuva 1941-yil 10-avgustda shahar maqomiga koʻtarilib, oʻz nomini Suvaga oʻzgartirdi.
Geografiyasi Suva Nagano prefekturasining markazida joylashgan boʻlib, shimol va gʻarbda Suva koʻli bilan oʻralgan, prefektura poytaxti Nagano shahridan taxminan 100 kilometr janubda va Tokio yoki Nagoya markazidan esa mashinada ikki soatlik yoʻl uzoqlikda joylashgan.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Nagano prefekturasi Okaya Chino Ina Tatsuno Minova Shimosuva Nagava
Iqlimi Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfa). Suvada oʻrtacha yillik harorat ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan boʻladi.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraSuwa population statistics, Suva aholisi 2000-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqqan va shu vaqtdan beri kamayib bormoqda.
Hukumat Suva shahrida toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 15 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakli mavjud.
Iqtisodiyoti Suva hududi Naganoning yetakchi sanoat markazi boʻlib, bir vaqtlar Yaponiyada oʻzining yuqori darajada rivojlangan nozik mashinasozlik sanoati sababli ham „Sharq Shveysariyasi“ nomi bilan tanilgan. Seiko Epson korporatsiyasi, axborot bilan bogʻliq uskunalar va Seiko soatlari ishlab chiqaruvchisi, bosh qarorgohi Suva shahrida joylashgan"Head Office & Japanese Facilities .". Bu hudud, shuningdek, issiq buloq kurortlari bilan ajralib turadigan mashhur sayyohlik maskani ham hisoblanadi.
Taʼlim tizimi Suvada yettita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi va bitta oʻrta/yuqori maktab faoliyat yuritadi. Yaponiya Qizil Xoch Jamiyatining Suva hamshiralik maktabi ham shaharda bunyod etilgan.
Braziliyaning Colégio Sal e Luz maktabi ilgari Suva shahrida joylashgan edi"Escolas Brasileiras Homologadas no Japão" (). . Keyinchalik u Okayaga koʻchirib oʻtkazildi"Escolas Brasileiras Homologadas no Japão" (Archive). .
Transporti
Temir yoʻl
20x20px Sharqiy Yaponiya temir yo'l kompaniyasi — Chuo magistral liniyasi Kami-Suva
Magistral yoʻl
link=|alt=E20|24x24px Chūō tezkor yoʻli Milliy yoʻnalish 20
Xalqaro munosabatlar
— St. Louis, Missouri, AQSH, 1974-yil 23-sentyabr — Amboise, Fransiya, 1987-yil 4-mart — Kundl, Tirol, Avstriya — Wörgl, Tirol, Avstriya
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Takashima qal’asi (高島城 Takashima-jō). Qal’a, shuningdek, „Suvaning suzuvchi qal’asi“ (諏訪の浮城 Suva-no-uki-shirō) yoki Shimazaki qal’asi (島崎城 Shimazaki-jō) nomi bilan ham tanilgan. Sunritz Hattori sanʼat muzeyi Onbashira (soʻzma-soʻz „hurmatli jurnal“ degan) festivali har olti yilda bir marta (yoʻlbars va maymun yillarida) oʻtkaziladi. Tadbir doirasida tepaliklardagi juda katta daraxtlar kesilib, vodiyga tushiriladi, ularni arqon bilan tortib, tepaliklardan pastga olib tushiladi. Oʻz jasoratini koʻrsatish uchun oʻsha yerdagi yigitlar yon bagʻirlardan irgʻib tushayotgan xodalarga minib olishadi.
Ommabop ommaviy axborot vositalarida Suva Sayo Masudaning „Autobiography of a Geisha (Geyshaning tarjimai holi)“ asarining katta qismi uchun asosiy voqealar manzilgohi boʻlib xizmat qilgan.
Touhou loyihasidagi Sanae Kochiya, Kanako Yasaka va Suvako Moriya qahramonlari ham ayni shu hududdan kelib chiqqan holda tasvirlanadi.
Suvaning taniqli odamlari
Sakuhei Fujivhara, meteorolog George Iida, kino rejissyori, muallif Akira Kinoshita, fotograf Tetsuzan Nagata, Yaponiya imperatorlik armiyasining generali Kenichi Mikava, qoʻshiqchi Mari Kaneko, ayol karatechi va aralash yakkakurash (MMA) jangchisi
Yana qarang
Suva koʻli
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb -sayt
Turkum:Nagano prefekturasidagi shaharlar Turkum:Suva (Nagano)