Víctor Ulloa (; 1992-yil 4-martda Meksikaning Chiuaua shtati Syudad Xuares shahrida tugʻilgan) — amerika futbolchisi, MLSning „Inter Miami“ futbol klubi yarim himoyachisi.
Klublardagi faoliyati Víctor Ulloa „Dallas“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Klub uni 2010-yil 30-iyulda oʻz tarkibiga qoʻshib olgan, ammo u 2011-yilgi mavsumdan jamoaning asosiy tarkibida oʻynash huquqiga ega boʻlgan. 2011-yil 23-oktabrda u MLSdagi debyutini „San Jose Earthquake“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan. 2014-yilda Víctor asosiy tarkibdan joy olgan va mavsum oxirida 2000 daqiqadan koʻproq maydonda toʻp surgan futbolchi sifatida rekordchiga aylangan. Bu AQSh klublari tarbiyalanuvchilari orasida eng yuqori natija deb qaralgan. 2015-yilning 19-sentabr kuni „Sporting Kansas City“ futbol klubiga qarshi bahsda Ulloa „Dallas“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan.
2018-yilning 12-dekabrida Víctor Ulloani MLSdagi „Cincinnati“ futbol klubining yangi bosh murabbiyi 150 000 AQSh dollari evaziga sotib olgan. Bu futbolchining faoliyatiga qarab yana 100 000 dollarga oshishi kelishib olingan. Yangi jamoasi safida 2019-yilning 2-mart kuni „Seattle Sounders“ futbol klubiga qarshi oʻyinida debyut qilgan. 2019-yil 6-iyul kuni „Houston Dynamo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „Cincinnati“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan. 2019-yilgi mavsum oxirida Ulloaning „Cincinnati“ futbol klubi bilan shartnomasi tugagan.
2019-yil 11-noyabr kuni „Cincinnati“ futbol klubi Víctor Ulloani „Inter Miami“ futbol klubiga 50 000 dollar evaziga sotgan. 2020-yil 1-martda u „Inter Miami“ futbol klubi tarkibida „Los Angeles“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2021-yilgi mavsum oxirida „Inter Miami“ futbol klubi Ulloa bilan shartnomani uzaytirmagan. Ammo, 2021-yil 12-dekabrda „Inter Miami“ futbol klubi futbolchi bilan 2023-yilgi mavsum oxirigacha yangi ikki yillik shartnoma imzolashga qaror qilgan.
Statistika JamoaMavsumLigaKubokXalqaro turnirBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolFC Dallas201110———10201200———00201300———00201428040—30350201533220—403922016322513010413201723030——26020182712020—311Jami144516150801736FC Cincinnati201926120——281Inter Miami2020230——102402021210———210202219020——210Jami630200010660Umumiy faoliyatida233620150902677
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar