Michael Robert Lundin () (1984-yil 24-sentyabrda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkeychi. Michael Lundin hozirda erkin agent hisoblanadi. Michael Lundin ilgari Milliy xokkey ligasida (NHL) „Ottawa Senators“, „Minnesota Wild“ va „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi jamoalarida oʻynagan.

Yoshligi Michael Lundin Minnesota shtatining Burnsville shahrida tugʻilgan. Ammo Michael Lundin Minnesota shtatidagi Apple Valley shahrida maktab taʼlimini olgan. Michael Lundin Maine universitetini tamomlagan. Michael Lundin 2003-yilda Associated Press agentligining Minnesota shtatida yilning eng yaxshi xokkeychisi va Minnesota Star-Tribuneda yilning eng yaxshi xokkeychisi deb topildi.

Oʻyin faoliyati Michael Lundin 2004-yilgi NHL kirish loyihasida „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi safiga 102-oʻrindagi tanlov asosida qoʻshilgan.

2011-yil 9-iyulda Michael Lundin „Minnesota Wild“ xokkey klubi bilan bir yillik 1 million dollarlik shartnoma imzoladi. 2011—2012-yilgi mavsumda jarohati tufayli Michael Lundin „Minnesota Wild“ xokkey klubi safida atigi 17 ta oʻyinda maydonga tushdi.

2012-yil 1-iyulda Michael Lundin „Minnesota Wild“ xokkey klubini tark etdi va erkin agent sifatida „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Michael Lundin 2012—2013-yilgi mavsumda „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan bor-yoʻgʻi 11 oʻyinda maydonga tushdi.

2013-yilning 11-iyunida Michael Lundin Kontinental xokkey ligasining „Barys Astana“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. Michael Lundin klub safida uch yil oʻtkazdi.

2016-yilning 24-avgustida Michael Lundin A Milliy liga vakili (NLA) „EHC Biel“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma tuzishga rozi bo‘ldi.

2017-yil 27-aprelda Lundin KHLning „Jokerit“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

„Jokerit“ xokkey klubidagi ikkinchi mavsumidan oldin Lundin jarohatlar bilan bogʻliq muammolar tufayli mavsumni oʻynamasligini eʼlon qildi. Ammo Michael Lundin klubdagi faoliyatini samarali yakunladi.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2003—2004University of MaineHE443161934—————2004—2005University of MaineHE40113142—————2005—2006University of MaineHE36313164—————2006—2007University of MaineHE40614202—————2007—2008Tampa Bay LightningNHL8106616—————2008—2009Tampa Bay LightningNHL250224—————2008—2009Norfolk AdmiralsAHL514252918—————2009—2010Tampa Bay LightningNHL493101318—————2010—2011Tampa Bay LightningNHL6911112121802222011—2012Minnesota WildNHL170224—————2011—2012Houston AerosAHL20000—————2012—2013Almtuna ISAllsv70442—————2012—2013Ottawa SenatorsNHL110110—————2013—2014Barys AstanaKHL535192461022402014—2015Barys AstanaKHL60633396701102015—2016Barys AstanaKHL6011223316—————2016—2017Biel HCNLA45213154100002017—2018JokeritKHL230002—————NHL (jami)2524323654180222KHL (jami)19622749630172350

Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2010 Qoʻshma Shtatlar WC 13 6 0 1 1 0 Jami 6 0 1 1 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar Turkum:AQSh xokkeychilari