Žarko Tomašević () (1990-yil 22-fevralda tugʻilgan) — chernogoriyalik futbolchi, Qozogʻiston Premyer-ligasining "Tobol " klubi va Chernogoriya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati Yugoslaviya SFRda Chernogoriyaning Plyevlya shahrida tugʻilgan Tomašević 18 yoshida CD Nacional jamoasi bilan Portugaliyaga kelgan. 2009-yilda u Manuel Machado tomonidan asosiy jamoaga chaqirilgan, u oʻzining birinchi diviziondagi debyutini 2009-yil 15-avgustda „ Sporting CP“ga qarshi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan oʻyinida oʻtkazgan. U jamoa tarkibida Yevropa ligasi doirasida Sankt-Peterburgning „Zenit“ jamoasi ustidan 5-4 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda maydonga tushgan.
2011/2012-yilgi mavsumning birinchi yarmida juda kam oʻyinlarda maydonga tushganidan soʻng, Tomašević ikkinchi darajali CF União jamoasiga ijaraga berilgan, iyun oyiga qadar sobiq Nacional murabbiyi Predrag Yokanovich qoʻl ostida harakat qilgan.
2012-yilning yozida u „Nacional“ tomonidan jamoadan ozod etilgan va 14-sentyabrda u „ Partizan“ ning yangi oʻyinchisi sifatida eʼlon qilingan. Bu uning „Partizan“ bilan Serbiyaga qaytishi boʻlgan, chunki u faoliyati boshida klubning yoshlar jamoasida bir muncha vaqt oʻynagan.
2019-yil 3-avgust kuni „Astana“ klubi Tomaševićni erkin agent sifatida tarkibga qoʻshib olganligin eʼlon qilgan.
Tomašević 2021-yilgi mavsum yakunida „Astana“ni tark etib, 2022-yilning 27-yanvarida "Tobol " bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati 2009-yil avgust oyi oxirida Tomašević ilk bor Chernogoriyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga 2011-yilgi Yevropa chempionati saralashida Shvetsiyaga qarshi oʻyin uchun chaqirilganDebituju Tomašević i Stevović's (Tomašević and Stevović's debuts) .
2010-yil may oyida 20 yoshida u Norvegiyaga qarshi oʻyinda toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qilgan. 2014-yilda u Chernogoriya terma jamoasi safidagi ilk golini 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash bahsida Moldovaga qarshi oʻyinda kiritigan.
Faoliyat statistikasi
Klub KlubMavsumLigaKubokLiga KubogiYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolNacional2009—2010Primeira Liga170102071—2712010—2011901010——1102011—20123000—10—40Total290203081--421União Madeira (Ijara)2011—2012Liga de Honra81————81Partizan2012—2013Serbian SuperLiga0000—00—00Kortrijk2013—2014Jupiler Pro League31040———3502014—201539410———4042015—201632530———355Jami92980———1009Oostende2016—2017Jupiler Pro League21030——102502017—201826220—20602522018—201919120——00252Jami66370—2070823Astana2019Qozogʻiston Premyer Ligasi2000—400060202011300—0000113202121131—4021303Jami34431—8021476Karyerada jami22917201301819127920
Xalqaro Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Chernogoriya 2010-yil 2 0 2011-yil — 2012-yil — 2013-yil — 2014-yil 6 1 2015-yil 6 0 2016-yil 6 2 2017-yil 6 1 2018-yil 6 0 2019-yil 5 0 2020-yil — 2021-yil 1 1 Jami 38 5
Xalqaro maydondagi gollari # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2014-yil 8-sentyabr Podgoritsa shahar stadioni, Podgoritsa, Chernogoriya 2 — 0 2-0 UEFA Yevro-2016 saralashi 2. 2016-yil 24-mart Karaiskakis stadioni, Pirey, Gretsiya 1 — 1 1-2 Oʻrtoqlik 3. 2016-yil 8-oktyabr Podgoritsa shahar stadioni, Podgoritsa, Chernogoriya 1 — 0 5-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 4. 2017-yil 8-oktyabr Milliy stadion, Varshava, Polsha 2 — 2 2-4 5. 2021-yil 27-mart Podgoritsa shahar stadioni, Podgoritsa, Chernogoriya 3 — 1 4-1 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Chernogoriyalik erkak futbolchilari