Surxondaryo okrugi — Oʻzbekiston SSR tarkibida 1926—1930 va 1935—1941-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik.

Tarixi 1926—1930-yillarda okrug left|thumb|Oʻzbekiston SSR (1927-yil) Surxondaryo okrugi 1926-yilda tashkil topgan. Markazi Sherobod shahri, soʻngra Termiz shahri boʻlgan.

1929-yil maʼlumotiga koʻra, okrug 6 tumandan iborat boʻlgan: Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Patta Hisor, Sariosiyo, Sherobod.

1930-yil 30-iyul okrug SSSRning boshqa okruglari kabi tugatildi. Okrug tumanlari bevosita Oʻzbekiston SSR boʻysunuviga oʻtkazildi. Aholisi 1926-yilda okrug aholisi 202,2 ming kishi boʻlgan boʻlib, shundan o‘zbeklar 72,0%, tojiklar 19,0%, ruslar 3,5%, turkmanlar 2,7% ni tashkil etgan.

1935—1941-yillarda okrug Surxondaryo okrugi Oʻzbekiston SSRning chekka tumanlarni boshqarishda oson boʻlishi 1935-yil 17-aprelda qayta tashkil etiladi. Okrug tarkibiga Termiz, Jarqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo, Sherobod va Boysun tumanlari, yana 1938-yilda Buxoro viloyati kiritilgan.

1941-yil 6-martda okrug maqomi viloyatga oʻzgartirildi. Aholisi 1939-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotiga koʻra, okrugda 315,2 ming kishi yashagan. Manbalar

Turkum:Maʼmuriy birliklar Turkum:Oʻzbekiston SSR okruglari