Wladimir Karajayevich Baýramow ()(1980-yil 2-avgustda tugʻilgan) – sobiq futbolchi, oxirgi marta Nebitchi FT va Turkmaniston terma jamoasida markaziy hujumchi sifatida oʻynagan. Wladimir Rossiya fuqaroligiga ham ega.

Biografiyasi Vladimir Ashxobodda tugʻilgan. U 8 yoshida Kazankov Sergey Viktorovich qoʻl ostida futbol oʻynay boshlagan. Ashxobod shahridagi 39-sonli oʻrta maktab bitiruvchisi hisoblanadi.

Turkmaniston sport va turizm institutida murabbiylik fakultetida tahsil olgan. 2001-yilda u bankir rafiqasi Jemma bilan turmush qurgan. Ukasi Nazar Baýramow ham professional futbolchi.

Faoliyati Professional futbolchilik faoliyati 17 yoshida boshlangan, 1997—1999 yillarda Ashxobodning Köpetdag jamoasida oʻynagan.

Keyin u Qozogʻistonga koʻchib oʻtgan. 1999—2000-yilgi mavsumda „Jenis Astana“ va „Access Petropavlovsk“ jamoalarida oʻynagan.

2001-yilgi mavsumning ikkinchi yarmi Rossiyaning Kristall Smolensk klubida oʻtkazgan. 2002-yilda Krasnoyarskning „Metallurg“ klubi bilan bir yillik ijara shartnomasi imzolagan.

Yangi mavsumni Qozonning „Rubin“ klubida boshlagan. Ammo u Qozonning „Rubin“ jamoasining asosiy tarkibida oʻz oʻrnini topa olmagan. Qozon klubidagi birinchi mavsumida asosan ligada past oʻrindagi jamoalar bilan oʻyinlarda maydonga tushgan bir nechta gollar urgan. Premyer-ligadagi debyut mavsumida jami 1 oʻyin oʻtkazgan.

2003-yilning yozida u 2003-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida Terek jamoasiga qoʻshilgan. Terekning "Baltika Kaliningrad" bilan oʻyinida Bayramow ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushgan holda Tereklilar safida debyut qilgan. Bayramow klub uchun Rossiya chempionatida 20 ta rasmiy oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan. „Terek“ tarkibida 2003/2004-yillarda Rossiya kubogini qoʻlga kiritgan.

2007-yil dekabr oyida Bayramow Moskva viloyatining "Ximki " klubi bilan uzoq muddatli (3 yillik) shartnoma imzolagan. Bayramow klub safida Rossiya chempionatida 15 ta rasmiy oʻyin oʻtkazgan va birorta ham gol ura olmagan.

2009-yilning qishida „Tobol“ Vladimir Bayramowning ijara asosida klubga oʻtganini rasman eʼlon qilgan. 2009-yilda Bayramow bir mavsumda 20 ta gol urib, Qozogʻistonning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2009-yil dekabr oyida u erkin agentga aylangan va „Ximki“ni tark etgan.

2011-yilda "Qayrat"ga oʻtgan. 2011-yil iyul oyida u ijara asosida „Ximki“ safiga qoʻshilgan.

2012-yildan Turkmanistonning "Ahal" klubi bilan shartnoma imzolagan.

2013-yildan beri „Bolkan“ klubida oʻynamoqdaSquad List. 2013-yilda „Bolkan“ klubi bilan Malayziyada 2013-yilda boʻlib oʻtgan OFK Prezidenti kubogida gʻolib chiqganFinal.

Faoliyat statistikasi

Klub KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolKöpetdag Aşgabat1998—1999Ýokary Liga -Zhenis Astana1999Qozogʻiston Premyer Ligasi216 -216Access-Golden Grain2000Qozogʻiston Premyer Ligasi247 -247Nisa Aşgabat2001Ýokary Liga -Kristall Smolensk2001Rossiya Birinchi Divizoni151 -151Metallurg Krasnoyarsk2002Rossiya Birinchi Divizioni201 -201Rubin Kazan2003Rossiya Premyer-ligasi1000 -1020041332010 -163200521621 -237200625260 -312200723410 -244Jami831511110--9516Terek Grozny (Ijara)2003Rossiya Birinchi Divizioni20810 -218Khimki2008Rossiya Premyer-ligasi15010 -16020090000 -00Jami15010----160Tobol (Ijara)2009Qozogʻiston Premyer-ligasi2220 -2220Qayrat 2011Qozogʻiston Premyer-ligasi12121 -142Ahal2012Ýokary Liga -Nebitçi2013Ýokary Liga -Karyerada jami2325915210--24861

Xalqaro Turkmaniston terma jamoasi YilOʻyin Gol 2000 3 5 2001 6 2 2002 0 0 2003 6 1 2004 9 4 2005 0 0 2006 0 0 2007 3 1 2008 5 0 2009 0 0 2010 0 0 2011 0 0 2012 1 1 2013 2 2 Jami 35 16

Manbalar

Havolalar

Wladimir Baýramow Kaz futbol saytida

Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:Ashxobodda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ashxobodlik futbolchilar Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Kopetdag futbol klubi futbolchilari Turkum:FC Rubin Qozon futbolchilari Turkum:FC Jenis klubi futbolchilari Turkum:FC Kiziljar futbolchilari Turkum:Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2004 futbolchilari Turkum:FC Ahmat Grozniy futbolchilari Turkum:FC Ahal futbolchilari Turkum:FC Khimki futbolchilari Turkum:FC Tobol jamoasi futbolchilari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2002 futbolchilari Turkum:FC Kristall Smolensk futbolchilari Turkum:FC Yenisey Krasnoyarsk futbolchilari Turkum:Turkmaniston futbol murabbiylari Turkum:FK Talib Sports futbolchilari Turkum:FK Nebitchi futbolchilari Turkum:FC Dagdan futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar