Abdoulaye Diallo (; 1992-yil 30-martda Fransiyaning Reyms shahrida tugʻilgan) — senegallik futbolchi maydonda darvozabon vazifasini bajarib kelmoqda. U Senegal terma jamoasida oʻynagan. Abdoulaye Diallo 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi. Shuningdek, futbolchi bugungi kunda faoliyatini „Nottingham Forest“ futbol klubida davom ettirmoqda.
Klublardagi faoliyati thumb|212x212px| Diallo Renn futbol klubi safida Diallo „Reyms“ va „Rennes“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2009-yil 29-noyabrda „Olympique Lyonnais“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Liga 1da birinchi oʻyinini oʻtkazgan. 2014-yil boshida Diallo „Le Havre“ futbol klubiga ijaraga oʻtdi. Shuningdek, u Liga 2dagi debyutini 2014-yilning 3-fevralida „Nancy“ futbol klubiga qarshi oʻtkazdi. 2016-yilning yozida Abdoulaye Diallo Turkiyaning „Çaykur Rizespor“ jamoasiga ijaraga berilgandi. „Akhisarspor Kulübü“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Turkiya Superligasida debyut qilgan. Hamda, Abdoulaye Dialloning ijara muddati tugagach, futbolchi „Rennes“ futbol klubiga qaytgan.
Xalqaro faoliyati 2010-yilda Fransiya yoshlar terma jamoasi bilan Diallo yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. Turnirda u Gollandiya, Avstriya, Angliya, Xorvatiya va Ispaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2015-yilda Diallo Senegal terma jamoasi safida oʻynashga qaror qilgan. Xususan, 28-mart kuni Gana terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida u Senegal terma jamoasi safida debyut qilgan.
2017-yilda Diallo Gabonda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Zimbabve, Tunis va Kamerun terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Shu bilan bir qatorda, Abdoulaye Diallo 2018-yil Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan va jamoasining darvozasi daxlsizligini himoya qilgan.
Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolRennes II2010—2011180———1802012—2013100———1002013—201480———802015—201630———302018—201920———20Jami410———410Rennes2009—2010100000—102010—2011000000—002011—201210001010302012—2013001010—202013—2014000000—002014—2015000000—002015—2016700020—902016—2017000000—002017—2018301040—802018—20196000003090Jami180208040320Le Havre (ijara)2013—20141600000—1602014—20153400010—350Jami5000010—510Çaykur Rizespor (ijara)2016—201719000——190Gençlerbirliği2019—20204010——50Nottingham Forest2020—2021000000—00Umumiy faoliyatida13203090401480
Manbalar
Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Senegallik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:30-martda tugʻilganlar Turkum:Erkak futbolchilar