Brooks Macek () (1992-yil 15-mayda tugʻilgan) — kanadalik-germaniyalik professional xokkeychi. Hozirda Brooks Macek Kontinental xokkey ligasining (KHL) „ Avtomobilist Yekaterinburg“ xokkey jamoasi bilan oʻynamoqda.

Oʻyin faoliyati Macek 2008-yilgacha Bantam AAA va Midget AAA darajasida „Notre Dame Hounds“ xokkey klubi safida faoliyat olib borgan edi. Brooks Macek 2013-yilgacha jami 319 ta WHL oʻyinini oʻtkazdi.

Brooks Macek 2012—2013-yilgi mavsumda „Calgary Hitmen“ xokkey klubi safida harakat qildi. Brooks Macek jamoada kapitan yordamchisi etib tayinlandi. Brooks Macek klub safida 70ta WHL oʻyinlarida maydonga tushib, 32 gol urishga muvaffaq boʻldi. Shundan soʻng, Macek faoliyatini Germaniyada davom ettirishga qaror qildi. 2013-yil iyun oyida Brooks Macek Germaniyaning Deutsche Eishockey liga jamoasi „Iserlohn Roosters“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma tuzdi. 2015-yilda Brooks Macek klub bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi. Brooks Macek klub safida jami 154 ta DEL oʻyinida (51 gol, 61 golli uzatma) va 22 ta pley-off bahsida (toʻqqizta gol, 7 golli uzatma) maydonga tushdi. 2016-yil may oyida Brooks Macek DEL jamoasi "EHC Münche" xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. U „EHC Münche“ xokkey klubi bilan 2017-yilgi Germaniya chempionatida gʻalaba qozondi. 2018-yilda „EHC Münche“ jamoasi ketma-ket ikkinchi marta Germaniya chempionligini qoʻlga kiritdi. Brooks Macek 2017—2018-yilgi mavsumda klub safida 67 ta oʻyinda maydonga tushib, 34 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.

2018-yil 12-iyun kuni Brooks Macek NHLning „Vegas Golden Knights“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi (NHLning oʻrtacha yillik maoshi 650 000 dollar va Amerika xokkey ligasining asosiy maoshi 175 000 dollar). Shimoliy Amerikadagi birinchi mavsumida Brooks Macek „Vegas Golden Knights“ xokkey klubining Amerika xokkey ligasi (AHL) filiali „Chicago Wolves“ xokkey klubi safiga yuborildi. Brooks Macek klub bilan Calder kubogi finaliga chiqdi.

Keyinchalik, 2019-yilning 21-iyunida Brooks Macek Rossiyaning KHL jamoasi „Avtomobilist Yekaterinburg“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2007—2008Notre Dame Hounds AAASMHL44323062371010616102008—2009Tri-City AmericansWHL6081624241130302009—2010Tri-City AmericansWHL72215273262161117172010—2011Tri-City AmericansWHL388162426—————2010—2011Calgary HitmenWHL255121710—————2011—2012Calgary HitmenWHL5414243819512302012—2013Calgary HitmenWHL703248803017681482013—2014Iserlohn RoostersDEL501321346951622014—2015Iserlohn RoostersDEL521722394713402015—2016Iserlohn RoostersDEL5221183928633642016—2017EHC Red Bull MünchenDEL5117102714146111722017—2018EHC Red Bull MünchenDEL502618441017871542018—2019Chicago WolvesAHL64263460121751682019—2020Avtomobilist YekaterinburgKHL6124224622501102020—2021Avtomobilist YekaterinburgKHL5717112838521362021—2022Avtomobilist YekaterinburgKHL3815173210—————DEL jami2559489183625323254812KHL jami156565010670102246

Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2009-yil Kanada Gʻarbiy U17 4 6 3 2 5 2 2016-yil Germaniya OGQ Q 3 1 2 3 0 2016-yil Germaniya WC 7 8 3 1 4 2 2017-yil Germaniya WC 8 8 2 0 2 0 2018-yil Germaniya OG 7 2 2 4 2 Oʻsmirlar safida 6 3 2 5 2 Kattalar safida 26 8 5 13 4

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Germaniya xokkeychilari