Andrey Aleksandrovich Novoselov (1989-yil 24-noyabrda tugʻilgan) — rossiyalik figurali uchuvchi. Sherigi Lola Esbrat bilan Fransiya terma jamoasi vakili sifatida raqobatlasha turib, uchta xalqaro medalni qo‘lga kiritgan va 2018-yilgi Fransiya chempioni boʻlgan. Avvalroq u Tatyana Novik, Tatyana Danilova va Sabina Imaykina bilan Rossiya vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan.

Faoliyati Novoselov 1993-yilda konkida uchishni o‘rgana boshlagan. Novoselov 2007-yilda Sabina Imaikina bilan Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Grand-pri seriyasida qatnasha boshlagan. Keyingi yili juftlik huddi shu musobaqada yana qatnashib, ikkita kumush medalni qoʻlga kiritgan va 2008 — 2009-yilda boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan va finalda qatnashib beshinchi oʻrindan joy olgan. 2009-yilgi Rossiya chempionatida bu juftlik kattalar toifasida ishtirok etib, beshinchi oʻrinni egallagan, oʻsmirlar oʻrtasida esa bronza medalini qoʻlga kiritgan. Ularga Perm shahrida Valeriy Tiukov va Valentina Tiukova murabbiylik qilgan. Juftlik mavsum yakunida hamkorligini tugatgan.left|thumb| Danilova / Novoselov, 2009-yil Novoselov 2009-yilda Tatyana Danilova bilan juftlikda konkida ucha boshlagan. Bu juftlikka Moskvada Inna Utkina murabbiylik qilgan. Juftlik 2010-yilgi Rossiya oʻsmirlar chempionatida 8-oʻrinni egallagan va keyingi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida ishtirok etib, Avstriyada boʻlib oʻtgan turnirda 4-oʻrinni va Germaniyada esa 6-oʻrindan joy olgan. Kattalar toifasida raqobatlashgan juftlik, 2010-yilda „Zagrebning Oltin Konkisi“ musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Danilova yelkasidan jarohat olgan va operatsiyadan keyin bir yil davomida konkida ucha olmagan, shuning uchun Novoselovga boshqa sherik izlashi mumkinligini aytgan. 2018-yil 16-sentyabr kuni Novoselov 2014-yil Sochi qishki Olimpiada o‘yinlarida oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritgan Kseniya Stolbova bilan juftlikda bellashishi eʼlon qilingan.

Dasturlari

Stolbova bilan MavsumQisqa dasturErkin dastur2019 - 2020 Rebirth

I’ll Take Care of You Moonlight Sonata (Epic Trailer Version)

Natijalari GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Rossiya vakili sifatida Stolbova bilan birga Xalqaro Musobaqa 2019 - 2020 Rostelecom Cup 5 Milliy Rossiya chempionati WD

Fransiya vakili sifatida Esbrat bilan birga Xalqaro Tadbir 2015 - 2016 2016 - 2017 2017 - 2018 2018 - 2019 Jahon chempionati 16 27 25 Yevropa chempionati 13 10 Fransiya WD 7 WD Bavarian Open 3 Nice kubogi 5 Tirol Cup 4 NRW Cup 2 Toruń Cup 3 5 Milliy Fransiya chempionati 2 1 WD = musobaqani tark etgan

Rossiya vakili sifatida Novik bilan birga Xalqaro Tadbir 2011 - 2012 2012 - 2013 2013 - 2014 Ice Challenge 4 Nebelhorn Trophy WD Toruń Cup 1 Milliy Rossiya chempionati 8 WD = musobaqani tark etgan Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar