Darya Maksimovna Pavlyuchenko (; 2002-yil 31-dekabrda tugʻilgan) — rossiyalik figurali uchuvchi. Sherigi Denis Xodikin bilan birga 2020-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori, 2019 Internationaux de France va 2019 Skate America turnirining kumush medali sovrindori, 2018-yil oʻtkazilgan Gran-pri (Xelsinki) va 2018 Rostelecom Cup musobaqalarining bronza medali sohibi boʻlgan. Faoliyatining boshida juftlik 2018-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin va 2017-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Faoliyati Pavlyuchenko 2006-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. U dastlab yakka holda konkida uchuvchi sifatida mashq qilgan. Pavlyuchenko oʻn ikki yoshida sakkiz oy davomida konkida uchishni tark etgan.

Pavliuchenko va Denis Xodikin 2016-yilda Moskvada Sergey Dobroskokov va Sergey Roslyakov murabbiyligida juftlikda konkida ucha boshladilar. Bu juftlik 2017-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida beshinchi oʻrinni egallagan.

2017 — 2018-yilgi mavsum Pavliuchenko / Xodikin juftligi oʻzining xalqaro debyutini 2017-yil sentyabr oyining oxirida Belarusning Minsk shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasida oʻtkazgan. Ular jamoadoshlari Anastasiya Poluyanova / Dmitriy Sopotni taxminan toʻrt ochkoga ortda qoldirib, oltin medalni qoʻlga kiritgan. Polshaning Gdansk shahrida boʻlib oʻtgan navbatdagi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritib, oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan. Dekabr oyida Yaponiyaning Nagoya shahrida boʻlib oʻtgan finalda juftlik qisqa dasturda uchinchi oʻrinni egallagan, erkin dasturda esa baʼzi xatolarga yoʻl qoʻygani uchun ikkinchi oʻrinni egallagan. Juftlik avstraliyalik Yekaterina Aleksandrovskaya / Harley Windzor va rossiyalik Apollinariya Panfilova / Dmitriy Rilovdan keyin uchinchi o‘rinni egallab, bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Oʻsha oyning oxirida Pavlyuchenko / Xodikin juftligi 2018-yilgi Rossiya chempionatida kattalar darajasida bellashishdi. Ikkala dasturda oltinchi oʻrindan joy olib, Aleksandra Boykova / Dmitriy Kozlovskiy juftligidan keyin umumiy natija bilan ham oltinchi oʻrinni egalladilar.

Juftlik mart oyida Bolgariyaning Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdilar.

Dasturlari

Xodikin bilan MavsumQisqa dasturErkin dastur2022 — 2023 Indigo (Indigo) 2021 — 2022 Be Italian Black Swan 2020 — 2021 Sing, Sing, Sing S. O.S d’un terrien en detresse 2019 — 2020 The Storm Tron: Legacy

Natijalari GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Xodikin bilan Xalqaro Musobaqa 16 — 17 17 — 18 18 — 19 19 — 20 20 — 21 21 — 22 Jahon chempionati C Yevropa chempionati 5 3 Finlandiya 3 Fransiya 2 Rostelcom Cup 3 WD 2 Skate America 2 Skate Canada 2 Muz yulduzi (Ice Star) 3 Xalqaro: Oʻsmirlar Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chemp. 1ㅤ finali 3 Belarusiya 1ㅤ Polsha 2 Milliy Rossiya chempionati 6 4 3 3 4 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionati 5 1ㅤ WD = musobaqani tark etgan

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar