Oleh Romanovich Luzhnyi (; 1968-yil 5-avgustda tugʻilgan) — oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan ukrainalik sobiq professional futbolchi .

Klublardagi faoliyati Luzhnyi Karpaty sport maktabi (murabbiy Yuriy Hdanskiy va Yuriy Dyachuk-Stavitskyi ) tarbiyalanuvchisi boʻlib, keyinchalik Lvov davlat jismoniy tarbiya maktabida tahsil olgan. Dastlab Ukrainaning Torpedo Lutsk (1985—1988) va SKA Karpaty Lviv (1988) klublarida oʻynagan.

Dynamo Kiyev left|thumb| Luzhnyi oʻyinda Luzhnyi 1989-yilda Kievning Dynamo klubi bilan shartnoma imzoladi. 1990-yilda ichki dublni qoʻlga kiritdi va 1993- va 1999-yillarda ketma-ket yetti marta Ukraina chempionligini qoʻlga kiritdi.

Arsenal Luzhnyi 1999-yil yozida Chempionlar ligasida Kievning Arsenalga qarshi o‘yinida bosh murabbiy Arsène Vengerni hayratda qoldirganidan so‘ng Angliyaning Arsenal klubi bilan shartnoma imzoladi. „Kanerunchilar“ safida umuman asosiy tarkibda maydonga tushmagan boʻlsa-da Luzhnyi klubda toʻrt yil davomida 110 ta oʻyin oʻynagan. 2001—2002-yilgi mavsumda „Arsenal“ bilan dubl ( FA Premyer-ligasi va Angliya kubogi)ni qoʻlga kiritdi. 2001-02-yillarda 18 ta oʻyinda ishtirok etdi, "Arsenal" bilan Angliya Premyer-ligasida gʻolib chiqdi. „Kanonirlar“ safidagi soʻnggi oʻyini 2003-yilgi Angliya kubogi finalida boʻlgan. Bu oʻyinda "Arsenal" Southamptonni 1:0 hisobida magʻlub etdi.

Wolverhampton Wanderers Luzhnyi 2003-yilning yozida quyi ligadan endi koʻtarilgan Wolverhampton bilan shartnoma imzolagan. Klubda bir mavsum oʻtkazdi, ammo jamoada bor-yoʻgʻi oʻnta oʻyinda maydonga tushdi va 2004-yilning yozida klub Premyer-ligadan tushib ketganidan soʻng "boʻrilar" bilan hayrlashdi.

Xalqaro faoliyati Xalqaro maydonda Luzhnyi 1989-yilda 20 yoshida Sovet Ittifoqi tarkibida debyut qilhan. Sakkizta oʻyinda jamoa bilan gʻalaba qozongan. Jarohati tufayli 1990-yilgi jahon chempionatini oʻtkazib yubordi. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Luzhnyi Ukraina terma jamoasida oʻynadi va 1992—2003-yillarda oʻz mamlakati tarkibida 52 marta oʻynadi

Luzhnyi 39 ta oʻyinda milliy terma jamoa sardori sifatida oʻynagan. 2000-yil dekabr oyida "Ukraina futboli" haftalik soʻroviga koʻra "Asr jamoasi" deb tan olindi.

Faoliyat statistikasi

Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarTorpedo Lutsk1985130––––––1301986340––––––3401987300––––1988111––––––111Total8810000Karpaty Lviv1988290––––––290Dynamo Kyiv1988––20––––2019892705050––37019901202020––16019912802090––390199213230––––1621992—19932637130––3641993—19943414020––4011994—19952445060––3541995—19962415010––3011996—19972821020––3121997—19981604090––2901998—199921030130––370Total253134315200034814Arsenal1999—20002101060303102000—20011902080––2902001—20021804030102602002—2003170204010240Total75090210501100Wolverhampton Wanderers2003—20046020––20100FK Venta200590––––––90Jami faoliyati4601479070

Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Sovet Ittifoqi 1989-yil 5 0 1990-yil 3 0 Jami 8 0 Ukraina 1992-yil 1 0 1993-yil 0 0 1994-yil 5 0 1995-yil 6 0 1996-yil 4 0 1997-yil 6 0 1998-yil 3 0 1999-yil 8 0 2000-yil 5 0 2001-yil 8 0 2002-yil 3 0 2003-yil 3 0 Jami 52 0 Jami faoliyati 60 0

Yutuqlari Arsenal

FA Jamiyat qalqoni : 1999, 2002 Premer-liga : 2001—2002 Angliya kubogi : 2003

Individual

Ukrainaning asr jamoasi (Ukrainskiy futbol soʻrovi): 2000"Best Ukrainian players of the XX century".

Manbalar

Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1968-yilda tugʻilganlar