Javairô Joreno Faustino Dilrosun (; 1998-yil 22-iyunda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Eredivizionning Feyenoord klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Gollandiya terma jamoasi safida bir marta maydonga tushgan.

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyati Dilrosun ilk faoliyatini 2006-yilda Ajaxda boshlagan, 2014-yilda Angliyaning Manchester City klubining yoshlar akademiyasiga oʻtgan. 2016-yilda „City“ning 23 yoshgacha boʻlgan jamoasida Premer-liga 2da oʻynagan.

Hertha BSC 2018-yilning 3-may kuni Germaniyaning Hertha klubi Dilrosunni 2018—2019-yilgi mavsum uchun „Manchester City“dan sotib oldi. 2022-yilgacha moʻljallangan toʻrt yillik shartnoma imzoladi.

Bordeauxga ijara 2021-yil 31-avgust kuni Dilrosun Liga 1 klubi Bordeauxga sotib olish opsiyasi bilan mavsumiy ijaraga oʻtdi. Ijara muddati tugashi bilan jamoa bilan xayrlashdi.

Feyenoord 2022-yil 11-iyul kuni Eredivizionning Feyenoord klubi Dilrosun bilan to‘rt yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 2022-yilning 7-avgustida Vitessga qarshi safarda (5:2, g‘alaba) klubdagi debyutida debyut golini urdi.

Xalqaro faoliyati Dilrosun 2013-yilning aprel oyida Gollandiya terma jamoasidagi yoshlar terma jamoasidagi faoliyatini boshlagan. 15 yoshgacha boʻlgan terma jamoada toʻrt marta maydonga tushib, bir marta gol urgan. 2013-yilning 29-oktyabr kuni U16 jamoasida Belgiyaga qarshi o‘yinda ilk bor maydonga tushdi. Jamoa tarkibida umumiy 10 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. U17 jamoasi safida 2014-yil sentyabr oyida Germaniyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

2015-yilning noyabr oyida 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoada Germaniya va Turkiyaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

2018-yilning 27-mart kuni Gollandiyaning 20 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi safida Chexiyaga qarshi o‘yinda (1:3) gol urgan. Ikki oydan soʻng Dilrosun 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi safida Boliviyaga qarshi oʻyinda debyut qildi.

2018-yilning 19-noyabrida Germaniyaga qarshi 2018—2019-yilgi UEFA Millatlar ligasi A doirasidagi oʻyinda milliy terma jamoada debyut qildi.

Shaxsiy hayoti Dilrosun Gollandiyaning Amsterdam shahrida tugʻilgan, lekin kelib chiqishi surinamlikdir.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLeagueMilliy kubokYevropaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarManchester City EDS2017—2018———2020Hertha BSC II2018—2019Regionalliga Nordost40———40Hertha BSC2018—2019Bundesliga17210——1822019—2010Bundesliga23420——2542020—2011Bundesliga12010——1302021—2012Bundesliga2010——30Jami54650——596Bordeaux (ijara)2021—2012Ligue 132221——343Feyenoord2022—2013Erediviziya410000—41Jami faoliyati94971002010310

Xalqaro

+Terma jamoa va iyil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Niderlandiya 2018 1 0 Jami 1 0

Manbalar

Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar