Petri Pasanen (1980-yil 24-sentabrda tugʻilgan) — Finlandiyalik sobiq professional futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan. Faoliyatining koʻp qismini Bundesliganing Werder Bremen klubida oʻtkazgan, bir necha mavsum UEFA Chempionlar Ligasida va 2009-yil UEFA kubogi finalida ishtirok etgan.
Klublardagi faoliyati
FK Lahti Finlandiyaning Lahti shahrida tugʻilgan Pasanen 1998-yilda mahalliy Lahti klubining asosiy tarkib oʻyinchisiga aylangan. Keyingi ikki mavsumda Finlandiyaning Veikkausliiga klubida 42 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Ajax Yevropaning koʻplab top klublari istiqbolli Pasanenga qiziqish bildirishdi. 2000-yilning yozida Gollandiyaning Ajax klubiga oʻtdi. Birinchi mavsumidayoq „Ajax“ himoyasidagi asosiy futbolchi boʻldi, ammo 2001-yilning avgustida oyogʻini sindirib olgach, 2001—2002-yilgi mavsumning koʻp qismini oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi. Keyingi mavsumda tarkibga qaytdi. „Ajax“ bilan UEFA Chempionlar ligasining chorak finaligacha chiqdi.
2003—2004-yilgi mavsumda „Ajax“da kam oʻynadi va mavsumning ikkinchi yarmini Angliyaning Portsmouth klubida Premyer-ligada ijara asosida oʻtkazdi. „Portsmouth“ bosh murabbiyi Harry Rednapp mavsum oxirida Pasanenni sotib olishga tayyor edi, biroq „Ajax“ning soʻragan narxi juda yuqori boʻlgan.
Werder Bremen 2004-yilning yozida Germaniyaning amaldagi chempioni Werder bilan shartnoma imzoladi. Klubdagi dastlabki ikki mavsumida asosiy tarkib oʻyinchisi boʻldi. Klub bilan 2009-yil UEFA kubogi finalida oʻynagan.
Red Bull Salsburg 2011-yilning 30-iyunida shartnoma muddati tugaganidan keyin „Werder“ni tark etdi va Red Bull Salsburg bilan shartnoma imzoladi. 2012-yil 12-may kuni Salsburg Pasanen bilan shartnomani uzaytirmasligini va yozda erkin agent boʻlishini eʼlon qildi.
AGF Aarhus 2012-yil 28-iyulda Pasanen Daniyaning AGF jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. AGF safidagi ilk golini 2012-yilning 10-dekabrida Silkeborgga qarshi oʻyinda (3-3) urdi.
Lahtiga qaytish 2014-yilning may oyida FC Lahti Pasanenning Lahtiga qaytganini va 2 yillik shartnomaga kelishishganini eʼlon qildi. 2015-yil 29-sentyabrda Pasanen mavsum oxirida professional futboldan ketdi.
Xalqaro faoliyati Pasanen Finlandiya terma jamoasida ham asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlgan. Xalqaro maydondagi debyutini 2000-yilning 15-noyabrida Irlandiya Respublikasiga qarshi oʻtkazdi. Finlandiya terma jamoasida asosan oʻng qanot himoyasida oʻynagan. Sami Hyypiä va Jari Litmanen oʻynamagan uchrashuvlarda terma jamoa sardori boʻlgan. Yagona golini 2002-yil 22-mayda Xelsinki Olimpiya stadionida Latviyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida kiritgan va uchrashuvda Finlandiya 2:1 hisobida gʻalaba qozongna.
Pasanen Finlandiya futzal terma jamoasida ham oʻynagan, jamoada oltita oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan.
Faoliyat statistikasi
Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokYevropaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarKuusysi1996Ykkönen20000020FC Hämeenlinna1997Ykkönen400000401998Ykkönen10000010Jami50000050Lahti1997Ykkönen15000001501998Ykkönen15100001511999Veikkausliiga27000002702000Veikkausliiga1510000151Jami7220000722Ajax2000—2001Erediviziya29400002942001—2002Erediviziya100000102002—2003Erediviziya22300002232003—2004Erediviziya70000070Jami5970000597Portsmouth2003—2004Angliya Premyer-ligasi1200000120Werder Bremen2004—2005Bundesliga23100002312005—2006Bundesliga17000502302006—2007Bundesliga17000201902007—2008Bundesliga28200803622008—2009Bundesliga16000502102009—2010Bundesliga190411003312010—2011Bundesliga2401070320Jami1443513701864Red Bull Salzburg2011—2012Avstriya Bundesligasi18030110320Aarhus2012—2013Superliga23110002412013—2014Superliga2110000211Jami4421000452Lahti2014Veikkausliiga11110001212015Veikkausliiga1905020260Jami3016020381Jami faoliyati3861515150045116
Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarMilliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Finlandiya 2000-yil 1 0 2001-yil 5 0 2002-yil 5 1 2003-yil 6 0 2004-yil 8 0 2005-yil 3 0 2006-yil 7 0 2007-yil 10 0 2008-yil 3 0 2009-yil 9 0 2010-yil 5 0 2011-yil 5 0 2012-yil 3 0 2013-yil 6 0 Jami 76 1 +Petri Pasanen tomonidan kiritilgan gol T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2002-yil 22-may Xelsinki olimpiadasi, Xelsinki, Finlandiya 2—1 2—1 Doʻstona
Yutuqlari Ajax
Erediviziya: 2001—2002 KNVB kubogi: 2001—2002 Johan Cruyff Shield: 2002
Werder Bremen
DFB Ligapokal : 2006-yil DFB-Pokal : 2008—2009 UEFA kubogi sohibi: 2008—2009
Red Bull Salzburg
Avstriya Bundesligasi: 2011—2012 Avstriya kubogi: 2011—2012
Individual
2008-yil: Finlandiya sport jurnalistlari yilning eng yaxshi futbolchisi
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Finlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar