Ilyos Abu Shabakiy () (3 may,1903-27 yanvar 1947)- Livanlik yozuvchi, shoir, muharrir, tarjimon va adabiyotshunos. U adabiy “O‘nlik ligasi”ning asoschilaridan biri bo‘lib, hozirda arab nahda harakatining yetakchi namoyandalaridan biri sanaladi.
Livanlik badavlat oilada tug‘ilgan u yoshligidan she’riyatga qiziqgan. Otasi savdogar boʻlgan, yoshligida yetim qolgan. Bu yoqotish uning dastlabki ijodiga katta ta’sir ko‘rsatdi. U o‘qituvchi, tarjimon va jurnalist bo‘lib ishlagan. U koʻplab arab gazetalari va adabiy jurnallar uchun maqolalar yozgan. Romantik maktab tarafdorlaridan boʻlgan Abu Shabakiy yuqoridan ilhom olish gʻoyasiga ishongan va she'riyatda ongli boshqaruvni qoralagan. Uning she'rlari gʻamgin, chuqur shaxsiy va koʻpincha Injilga asoslangan, koʻpincha uning ichki holati bilan bogʻliq. Bir vaqtlar, uning ba'zi asarlari oʻquvchilar tomonidan tushunarsiz qabul qilingan: masalan, "Jannat ilonlari" toʻplami ochiq-oydin behayo mazmuni tufayli odobsiz deb tan olingan.1947- yilda leykemiyadan vafot etgan.
Abu Shabakiy arab adabiyotini yangilash va modernizatsiya qilish kerakligi haqida tlif berdi. Shabakiy oʻzidan keyingi shoir avlodlarini ilhomlantirdi. Uning adabiy xizmatlarini e'tirof etish maqsadida uning tugʻilgan shahri Zuk Mikaeldagi uyida muzey tashkil etilgan.
Manbalar
Foydalanilgan adabiyotlar
Razzuk, Faraj Razzuk (1956). Ilyos Abu Shabaka va shi'ruhu . Bayrut: Dorul kitob al-lubnoniy. Turkum:1947-yilda vafot etganlar Turkum:1903-yilda tugʻilganlar Turkum:27-yanvarda vafot etganlar Turkum:3-mayda tugʻilganlar Turkum:Adabiyot faylasuflari Turkum:Livanlik yozuvchilar