Kara Fatima Xanum(„Qora xonim Fotima“. Kurdcha: Fata Resh) Marashdagi (hozirgi Turkiya janubi-sharqidagi Kahramanmarash) kurd qabilasining ayol yetakchisi edi. Uning hayot yillari XIX asrga toʻgʻri keladi, aniq sanalar haqida maʼlumot saqlanib qolinmagan. Kara Fatima Xanum Qrim urushida kurd boʻlinmasiga shaxsan qoʻmondonlik qilgan va shu tariqa turk hukumati bilan toʻqnash kelgan. Qabila boshligʻi yaʼni Kara Fatimaning eri qamoqqa olingandan keyin, Usmonli saltanatiga sodiqligini isbotlash uchun Qrim urushida kurd askarlariga shaxsan qoʻmondonlik qilgan.
Kahramanmarash-Adana hududi tarixini oʻrgangan mahalliy tarixchi Cezmi Yurtseverning yozishicha, Kara Fatima (1820-1865) aslida Qrim urushida qatnashgan Andirinlik Asiye xonimga berilgan laqab ediHürriyet newspaper 16.02.2007. Kara Fatima The Illustrated London jurnalining 1854-yil 22-apreldagi sonida koʻzga tashlanadigan sahifasini egallagan, u yerda qabilasidan boʻlgan koʻplab otliqlar bilan Konstantinopolga kelishi jurnal uchun toʻliq sahifali mavzu boʻlgan.
Ushbu maqola muallifi buni quyidagicha taʼriflagan:
1887-yilda Chicago Tribune roʻznomasida Kara Fatimani „Kurdistonning takrorlanmas ayol jangchisi“ deb taʼriflagan. Gazeta, Usmonli saltanati uni oylik stipendiya bilan taʼminlaganini aytib oʻtadi va uni "Uzun boʻyli, ozgʻin, jigarrang, qirgʻiy yuzli, uning yonoqlari sargʻish rangda, yuzida esa chandiqlar yoyilgan. Jangchilar sovutida yuruvchi bu ayol 40 yoshli erkakdek baquvvat edi'' deya taʼriflagan.
Manbalar
Turkum:Usmonli imperiyasida ayollar Turkum:Kurdlar Turkum:Urushda qatnashgan ayollar Turkum:Jangchi ayollar Turkum:Ayollar