Alejandro Romero Gamarra (; 1995-yil 11-yanvarda Argentinada tugʻilgan)— paragvaylik futbolchi, „Huracán“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi. U „Al Taawun“ futbol klubi va Paragvay terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati Romero Gamarra „Huracán“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yil 6-avgustda u „Krucero del Norte“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. Shuningdek, 12-oktyabr kuni „Atlético Aldosivi“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Alejandro Gamarra „Huracán“ futbol klubi safida birinchi golini urgan. Shu bilan bir qatorda, 2014-yilda Alejandro Gamarra jamoaga Argentina kubogini yutib, yuqori ligaga chiqishga yordam bergan.

2015-yilning 15-fevralida „Union Santa Fe“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Alejandro Gamarra Argentina premyer ligasida debyut qilgan.

Xalqaro faoliyati 2015-yilda Argentina yoshlar terma jamoasi tarkibida Alejandro Gamarra Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Panama, Avstriya va Gana  jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2018-yilda Alejandro Gamarra ota-onasining vatani boʻlgan Paragvay terma jamoasida oʻynashga qaror qilgan. Hamda, 12-iyun kuni Alejandro Gamarra Paragvay terma jamoasi safida Yaponiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.

Alejandro Gamarra Paragvayning 2019-yilgi Amerika Kubogi uchun 40 kishilik dastlabki tarkibiga kiritilgan, ammo 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy roʻyxatga kiritilmagan.

Alejandro Gamarra 2021-yilgi Amerika kubogiga boradigan futboolchilar tarkibiga kiritilgan.

Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolHuracán2013—1416210 - -17220146320 - -83201517000111281201616121922772016—201727220213132017—20181212010151Jami9499123412614New York Red Bulls201834610313772019275104032520201720000172Jami781320718614Umumiy faoliyatida1722211130521028

Manbalar

Turkum:Argentina U20 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Paragvaylik erkak futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:11-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Sportchilar