Maximilian Cross Véronneau () — kanadalik professional xokkey hujumchisi. Maximilian Véronneau hozirda Amerika xokkey ligasida (AHL) „San Jose Barracuda“ xokkey klubi bilan oʻynamoqda.

Oʻyin faoliyati Maximilian Véronneau dastlab, Ontario shtatining Ottava shahridagi „Gloucester Rangers“ xokkey klubi bilan „A“ darajadagi xokkey oʻynagan edi. Shundan soʻng, Maximilian Véronneau 2015-yilda Princeton universitetiga oʻqishga kirdi. 2017—2018-yilgi mavsumda Maximilian Véronneau universitet xokkey jamoasi bilan NCAA 1-divizionida 36 oʻyinda maydonga tushib, 55 ochko toʻpladi. 2017-yilda Maximilian Véronneau „Vegas Golden Kniughts“ xokkey klubining oʻquv-mashgʻulot lagerida qatnashdi. „Princeton Tigers“ jamoasi bilan toʻrt mavsumdan soʻng, Maximilian Véronneau klub safiga NCAAning eng yaxshi erkin agentlaridan biri sifatida qabul qilindi. Maximilian Véronneau 2019-yil mart oyida 'Ottawa Senators" xokkey klubi bilan erkin agent sifatida ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Maximilian Véronneau NHLdagi debyutini 2019-yil 14-mart kuni „St. Louis Blues“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda o‘tkazdi.

Maximilian Véronneau 2020-yil 19-fevralda Aaron Luchuk bilan birga klub tomonidan „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubiga almashtirildi. Maximilian Véronneau COVID-19 pandemiyasi tufayli mavsum toʻxtatilishidan oldin „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubining AHL filiali „Toronto Marlies“ klubi bilan atigi 3 ta oʻyinda maydonga tushdi.

2021-yil 21-aprelda Maximilian Véronneau ikki yillik shartnomaga rozi bo‘lib, SHL vakili „Leksands IF“ xokkey klubiga o‘tdi. Keyingi 2021—2022-yilgi mavsumda Maximilian Véronneau oʻzini SHLning eng yaxshi hujumkor oʻyinchilaridan biri sifatida koʻrsatdi va 2021-yil 20-noyabrda „Leksands IF“ xokkey klubi bilan yana bir yilga, 2024-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi. Maximilian Véronneau oʻsha mavsumda SHLning eng qimmat xokkeychisi deb topildi.

2022-yilning 14-aprelida Maximilian Véronneau „San Jose Sharks“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi .

Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2012—2013Ottawa CanadiansEOJHL583749868—————2012—2013Gloucester RangersCCHL41230—————2013—2014Gloucester RangersCCHL6141398010—————2014—2015Gloucester RangersCCHL271422366631402015—2016Princeton universitetiECAC30116172—————2016—2017Princeton universitetiECAC331124354—————2017—2018Princeton universitetiECAC3617385512—————2018—2019Princeton universitetiECAC311324372—————2018—2019Ottawa SenatorsNHL122240—————2019—2020Belleville SenatorsAHL3355102—————2019—2020Ottawa SenatorsNHL40000—————2019—2020Toronto MarliesAHL30002—————2020—2021IK OskarshamnSHL25126188—————2021—2022Leksands IFSHL5134266014—————NHL jami162240—————SHL jami7646327822—————

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari