Francisco Andrés Silva Gajardo (; 1986-yil 11-fevralda Chilida tugʻilgan) — himoyachi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan chililik futbolchi. Chili terma jamoasida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati thumb|256x256px|Silva (chapda) Neymarga qarshi kurashda Silva „Universidad Católica“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2006-yilda u Chili premyer ligasida asosiy jamoa safida debyut qilgan. 2010-yilda Fransisko klubga Chili chempionligini qoʻlga kiritishga yordam bergan va bir yildan soʻng Chili kubogini qoʻlga kiritgan. 2010-yilning yozida Italiyaning „Lecce“ futbol klubi Silvaga faol qiziqish bildirgan, biroq Fransiskoning Yevropa Ittifoqi fuqaroligi yo‘qligi sababli kelishuv amalga oshmagan. 2013-yilda u Ispaniyaning „Osasuna“ jamoasiga ijaraga berilgan. Silva La Ligadagi debyutini 2-fevral kuni Celta Vigo futbol klubiga qarshi oʻtkazgan. 8-mart kuni „Betis“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u yangi klubi safidagi ilk golini urgan. Mavsum oxirida Osasuna Silvaning transferini sotib olgan.
Xalqaro faoliyati 2011-yil 23-yanvarda Silva Chili terma jamoasi safida AQShga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan.
2011-yilda mamlakat terma jamoasi tarkibida Fransisko Argentinada boʻlib oʻtgan Amerika Kubogiga yoʻl olgan. Turnirda u zaxira futbolchisi boʻlgan va faqat Peru terma jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushgan.
2016-yilning yozida Silva ketma-ket ikkinchi marta Amerika kubogini qoʻlga kiritgan. Turnirda u Meksika, Kolumbiya va Argentina terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2017-yilda Silva Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogining kumush medali sohibiga aylangan. Turnirda u Kamerun, Avstraliya, Portugaliya va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistika JamoaMavsumLigaKubokLiga kubogiBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolUniversidad Católica2008?100—?1200936100—361201029200—72364201135241—130523201226041—131432Jami1266820033316711Osasuna (ijara)2012—201316100—161Osasuna2013—201431030—3402014—20151000—10Jami320300000350Club Brugge (ijara)2014—201511030—70210Chiapas2015—201628000—280Cruz Azul2016—201725671—3272017—201829151—342Jami5471220000669Umumiy faoliyatida267142640040333321
Manbalar
Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:11-fevralda tugʻilganlar Turkum:Chililik erkak futbolchilar