Chukwubuike Junior Adamu (; 2001-yil 6-iyunda tugʻilgan) — professional futbolchi, Avstriya Bundesligasining Red Bull Zalsburg klubida hujumchi sifatida oʻynaydiFC Red Bull Salzburg Team. Nigeriyada tugʻilgan, Avstriya terma jamoasida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati Adamu faoliyatini GSV Vakerning yosh jamoasida boshlagan. 2014-yil yanvar oyida Grazer AKga kelgan. 2015-yilda FC Red Bull Salzburg akademiyasiga qoʻshildi va U15 dan U18 gacha boʻlgan darajalarni bosib oʻtdi.

2017-yil sentyabr oyida birinchi marta FC Liefering jamoasiga qoʻshildi. Xuddi shu oyda Red Bull Salzburgning UEFA Yoshlar Ligasi jamoasida debyut qildi va Bordoga qarshi oʻyinda Nicolas Meister oʻrniga maydonga tushdi.

Professional debyutini FC Liefering safida WSG Wattensga qarshi 2018-yil noyabr oyida oʻtkazdi. 2020-yilda „Red Bull Salzburg“ bilan shartnoma imzoladi va sentyabr oyida Avstriya kubogi doirasida SW Bregenga qarshi oʻyinda Masaya Okugawa oʻrniga 75-daqiqada maydonga tushib debyut qildiFC Salzburg Wiki.

2021-yil 15-fevralda Adamu Shveysariya Superligasi jamoasi St. Gallenga ijaraga oʻtdi.

Adamu Red Bull Salzburg safidagi ilk golini 2021-yilning 14-avgustida Admira qarshi oʻyinda kiritdi, bu gol uchrashuvning yagona goli boʻlib qoldi (1:0) va „Salzburg“ning safardagi ketma-ket beshinchi g‘alabasini taʼminladi. Uch kundan soʻng, UEFA Chempionlar ligasida ilk bor maydonga tushdi va pley-off bosqichida birinchi oʻyinida Daniya chempioni Brøndbyga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi, klub 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. 2022-yilning 16-fevralida Adamu UEFA Chempionlar ligasidagi ilk golini Bundesliga chempioni Bayernga qarshi o‘yinda (1:1) urdi.

Xalqaro faoliyati Nigeriyada tugʻilgan Adamu Avstriyani milliy terma jamoasini himoya qiladi. Avstriya U18, Avstriya U19 va Avstriya U21 jamoalarida ham oʻynagan.

Avstriya terma jamoasi safida ilk bor 2021-yil 12-noyabr kuni Jahon chempionati saralashi doirasidagi Isroilga qarshi o‘yinda maydonga tushgan. thumb|240x240px| Adamu 2022-yilda Avstriya U21 terma jamoasida

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Yevropa Jami Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar FC Liefering 2018—2019 Avstriya ikkinchi ligasi 16 5 — — 16 5 2019—2020 Avstriya ikkinchi ligasi 20 14 — — 20 14 2020—2021 Avstriya ikkinchi ligasi 13 7 — — 13 7 Jami 49 26 0 0 0 0 49 26 Red Bull Zalsburg 2020—2021 Avstriya Bundesligasi 0 0 1 0 — 1 0 2021—2022 Avstriya Bundesligasi 30 7 4 1 9 1 43 9 2022—2023 Avstriya Bundesligasi 13 7 3 3 6 1 22 11 Jami 43 10 8 4 15 2 66 20 St. Gallen (ijara) 2020—2021 Shveysariya Superligasi 14 6 4 2 — 18 8 Jami faoliyati 106 42 12 6 15 2 133 54

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Avstriya 2021 1 0 2022 2 0 Jami 3 0

Yutuqlari Red Bull Salzburg

Avstriya Bundesligasi: 2021—2022 Avstriya kubogi: 2021—2022

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Nigeriyalik erkak futbolchilar Turkum:Avstriyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar

Turkum:Sportchilar