Johnny Ertl nomi bilan tanilgan Johannes Bruno Ertl (; 1982-yil 13-noyabrda tugʻilgan) — Avstriyalik sobiq futbolchi, asosan yarim himoyachi sifatida oʻynagan
Faoliyatining asosiy qismini Ertl Sturm Graz, Crystal Palace, Sheffield United va Portsmouthda oʻtkazgan; 2015-yilda faoliyatini tugatgandan soʻng, Portsmouth FCning matbuot kotibi boʻldi, shuningdek, Portsmouthning 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar jamoasida yordamchi murabbiyi sifatida ham ishladi.
Faoliyati
Ilk faoliyati Ertl oʻz faoliyatini SV Feldkirchen yoshlar jamoasida boshlagan, 1996-yilda Sturm Grazga qoʻshilgan. Klubning yosh toifalarida oʻynagan va 2003-yilda oʻz shahri klubi bilan professional shartnoma tuzgan. 2003-yilda SC Kalsdorf klubiga ijaraga kelib qoʻshildi.
„Qoralar“da himoya markazidan joy oldi va ijobiy oʻyinlaridan soʻng Avstriya terma jamoasiga chaqirildi va Vengriyaga qarshi oʻyinda 87-daqiqada Paul Scharnerning oʻrniga maydonga tushdi.
Crystal Palace 2006-yilning yozida Ertl „Blackies“dan Avstriya giganti „Austria Wien“ga oʻtdi va „binafshalar“ bilan ikki yil oʻynadi. Keyin esa Angliyaga, Crystal Palacega oʻtdi. Klubdagi ilk goli 2010-yil 14-fevralda Angliya kubogida Aston Villaga qarshi o‘yinda kiritilgan.
Sheffield United Ertlning shartnomasi 2009—2010-yilgi mavsum oxirida tugadi va Sheffield United bilan shartnoma imzoladi. Ertl 2011-yilning mart oyida oyogʻidan olgan jarohat oldi va mavsumni ancha erta tugatishga majbur boʻldi. Mavsum oxirida jamoa quyi ligaga tushib qoldi.
Portsmouth 2012-yil 31-avgustda Ertl qisqa muddatli shartnoma asosida Portsmouthga qoʻshildi. Bir kun oʻtib debyutini oʻtkazdi, Oldham Athleticga qarshi oʻyinda (0:1) avtogol muallifiga aylandi. Yangi yil kuni unga sardorlik bogʻichi topshirildi, olding sardor Brian Howard jarohat tufayli safdan chiqdi. Ertl 2012—2013-yilgi mavsumni muxlislar tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini olish bilan yakunladi.
Faoliyat statistikasi
LigaKubokLiga kubogiQitʼaBoshqaJamiKlubLeagueMavsumIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarSturm GrazBundesliga2004—200527010———2802005—200627010303102006—20077000—70Austria Wien25140603512007—20082620051313Crystal PalaceChampionship2008—20091200010——1302009—20103303110——371Sheffield United2010—20112801010——300Birinchi liga2011—2012701000—1090Portsmouth2012—20133701000—10390Ikkinchi liga2013—2014291100000203212014—201514100100020171Jami faoliyatiAvstriya112360—141—1324Angliya1602714000601773Faoliyat statistikasi27251314014160309
Yutuqlari
2006-yil Avstriya Bundesligasi 2006-yil Avstriya kubogi
Individual
Portsmouth
2012—2013-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi
Manbalar
Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstriyalik erkak futbolchilar