Axel Ngando (; 1993-yil 13-iyulda Fransiyaning Asnier-syur-Seyn shahrida tugʻilgan) — fransuz futbolchisi, „Grenoble“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Axel Ngando mashhur kamerunlik futbolchi Patrik Mbomning jiyani.

Klublardagi faoliyati Axel Ngando „Paris Saint-Germain“ va „Rennes“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yilning 2-fevralida u debyutini „Lorient“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan. Oʻsha oʻyinda Axel Ngando „Rennes“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan. Yozda oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun u „Oser“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 16-sentyabr kuni „Brest“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Axel Ngando debyut qilgan. 1-noyabr kuni „Tours“ futbol klubiga qarshi bahsda u „dubl“ni amalga oshirib, „Oser“ futbol klubi safida birinchi gollarini urgan.

Keyinchalik u „Angers“ futbol klubiga oʻtgan. 16-yanvar kuni „Arles-Avignon“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 20-fevral kuni „Laval“ futbol klubiga qarshi bahsda Axel Ngando „Angers“ futbol klubi safida birinchi golini raqib darvozasiga kiritgan.

2017-yilning yozida Axel Ngando Turkiyaning „Göztepe“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan.

Xalqaro faoliyati Fransiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Axel Ngando Estoniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ispaniya, Angliya, Xorvatiya va Serbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2013-yilda Fransiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Axel Ngando Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi boʻlgan. Turnirda u AQSh, Ispaniya, Gana, Oʻzbekiston va Urugvay terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Yil oxirida Kamerun futbol federatsiyasi Axel Ngandoni oʻzining Vatani — Kamerun terma jamoasiga taklif qilgan.

Statistika JamoaMamlakatMavsumStade Rennais F. C. „II“2011—2012Stade Rennais F. C.2012—2015A. J. Auxerre (ijara)2013—2014Angers S. C. O. (ijara)2015S. C. Bastia2015—2017Göztepe S. K.2017—2019A. J. Auxerre2019—2021Grenoble Foot 382022

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar