Kobulshohlar (yoki Turkshohiylar) – milodiy VII—IX asrlarda Kobul va Kapisadan Gandharagacha hukmronlik qilgan gʻarbiy turkiylar sulolasi"Contained within a clay urn were a gold bracteate with the portrait of a ruler, three early drachms of the Turk-Shahis (Type 236, one of which is countermarked), and a countermarked drachm of the Sasanian king Khusro II dating from year 37 of his reign (= 626/7). The two countermarks on Khusro 's drachm prove that the urn could only have been deposited after 689""The advance of Islamic forces both into Tokharistan in the north and into Zabulistan farther south was opposed by local rulers of probably Western Turkish identity" in . Ular turkiylarning xalaj qabilasiga mansub boʻlgan boʻlishi mumkin"The new rulers of Kabul, who according to me were Khalaj Turks, extended their rule over the former territory of the Kapisi kingdom [Kapisa to Gandhara], while a branch of them became independent in Zabulistan. A Korean monk Huichao (慧超) who visited these regions in the third decade of the 8th century, reported that both regions were ruled by the Turkish kings." . 560-yillardan boshlab Gʻarbiy turkiylar asta-sekin Movarounnahrdan janubi-sharqqa qarab kengayib, Baqtriya va Hindukush mintaqasini egallab, mustaqil davlatlarni tashkil qilishgan"The period from 560 CE onwards would be that of the Western Turks, although it is not clear how and foremost when they gained power over Bactria and the Hindukush-region. Minoru Inaba states that „gradually having extended their power, they came to be independent …“" in . Kobulshohlarni Toxaristondagi Gʻarbiy Turk Yabgʻularining siyosiy davomchisi deb atash mumkin. Hindikush mintaqasida ular Nezak hunlarini siqib chiqargan. Shuningdek Xioniylar yoki Hun xalqlaridan kelib chiqqan deb hisoblanadigan Baqtriya hukmdorlarining soʻnggi sulolasi ham edi. Ushbu sulolaning rasmiy tili xalaj tili ham boʻlishi mumkin chunki arab manbalaridan birida sulola yozishmalari haqida gap ketgan. Rutbil unvoni bilan hukmdorlik qilgan Gʻazna hukmdori va Kobulshoh oʻrtasidagi yozishmalar xalaj tilida yozilganligi qayd etilgan. Kobulshohlar sulolasi Sosoniylar imperiyasi Rashidun xalifaligi tomonidan bosib olingan paytda paydo boʻlgan. 250 yildan ortiq vaqt davomida Abbosiylar xalifaligining sharqqa qarab kengayishiga qarshilik koʻrsatib turgan va keyinchalik eramizning IX asrida Safforiylar sulolasi tomonidan bosib olingan. Kobuliston Kobulshohlar sulolasining markazi boʻlgan.

Hududiy chegaralar Gʻarbiy turkiylar hukmdori Tun Yabgʻu Xoqon qoʻl ostidagi turklar Hindukushdan oʻtib, milodiy 625-yildan boshlab Gandharaning Hind daryosigacha boʻlgan hududlarini egallab ola boshlagan. Umumiy Kobulshohlar hududi Kapisidan Gandharagacha choʻzilgan. Gandhara hududi sharqda Kashmir qirolligi va Kanauj qirolligi bilan chegaradosh boʻlgan. Milodiy 723—729-yillarda bu hududga tashrif buyurgan Koreyalik sayohatchi Xui Chao bu hududlarni turk podshohlari boshqarganligini oʻz esdaliklarida yozib oʻtgan De l’Inde au Japon, 10 ans d’acquisitions au musée Guimet. Musée Guimet. 2007. p. 14, item 27..

Tarixi

Afsonalar Sulola nomi haqida turli afsonalar mavjud. Afsonaning bosh obrazi Barxatekin nomi ham bahsli. Bu nom Beruniyda ن برختك shaklida qayd etilgan. Tadqiqodchilar tomonidan bu atama turlicha talqin qilinadi. Turkiy „böri“ va „tegin“ soʻzlarining birlashmasidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin degan talqin mavjud. Yaʼni qadimiy turkiy ikki soʻz asosida „böri“ – qadimgi turklarning totemi va „tegin“ shahzoda maʼnosida Boʻritegin sulolaviy nomi shakllangan boʻlib, u hind tili qonuniyatlariga asoslanib, Barxatakin shaklini olgan.

Tashkil topishi: arablarning hujumi va nezaklarning koʻchirilishi Soʻnggi Nezak hukmdori Gʻar-elchi eramizning 653-yilida Tan sulolasi hujjatlarida Jibin (sobiq Kapisi / Kobuliston) shohi sifatida qayd etilgan. U, 661-yilda yangi tashkil topgan Xitoyning vassali Ansi davlatidagi Jibin hududi hokimi qilib tayinlangan. Oʻsha yili arablar bilan tinchlik shartnomasini tuzishda vositachi boʻlgan hukmdor boʻlishi ham mumkin. Sulh tuzilganiga qaramay, milodiy 664—665-yillarda Abdurrahmon ibn Samura xalifalik urushlarida boy berilgan hududlarni qayta egallash uchun yurish boshlagan. Kobul milodiy 665-yilda bir necha oylik qamaldan soʻng Arablar tomonidan bosib olindi. Biroq tez orada qoʻzgʻolon koʻtarilib ozod qilingan. Biroz vaqtdan keyin yana arablar tomonidan bir yil davom etgan qamal boshlangan, natijada shahar qayta ishgʻol qilingan. Shaharning ishgʻol qilingach arablar nezak hukmdorlarini oʻlimga hukm qilishgan. Ammo ular Islomni qabul qilganidan keyin hukmdan qutulib qolishgan. Tez orada (666/667— ?), Nezaklar oʻrniga dastlab Zobuliston, soʻngra Kobuliston va Gandharada Kobulshohlar sulolasi paydo boʻlgan. Ularning etnik jihatdan qaysi millatga mansubligi hali hamon munozarali boʻlib turibdi. Kapisi shahrining birinchi hukmdori Al-Beruniy tomonidan Barha Tegin deb atalgan va u ilgari harbiy xizmatdagi qoʻmondon boʻlgan.

Shuningdek arab tarixchilaridan biri Xalifa ibn Xayyot (vafoti 860) „Tarix“ asarida 666-yillarda Kobul vodiysidagi Kobulshoh arablarni magʻlub etdi va ularni kobuldan haydan chiqarishni uddasidan chiqqanini yozadi. Bu maʼlumotlar shuni aytishga imkon beradiki, Kobul vodiysi va unga tutash hududlarda Kobulshohlar sulolasining hokimiyati 650-yildan ancha oldin oʻrnatilgan boʻlishi mumkin.

Tan protektorati va Toxar yabgʻuligiga vassallik thumb| Bolo Hisor qal’asi, Kobulning gʻarbiy qismida, miloddan avvalgi 5-asrda qurilgan Kobulshohlar, milodiy 658-yildan boshlab Xitoyning Tan sulolasi protektorati boʻlgan boʻlishi mumkin"China, at the other end of Central Asia, managed to bring the Western branch of the Qaγanate under Tang supremacy in 658 CE and consequently established a protectorate in Bactria which also extended south of the Hindukush." in . Kobulshohlar hududi nominal ravishda bir necha Xitoy qoʻmondonliklariga boʻlingan edi: Kobulning sharqidagi Yege (zamonaviy Mihtarlam) shahri Xiuxuan (修鮮都督府, Xiūxiān Dūdùfû) qoʻmondonligi qarorgohi hisoblangan. Gandhara bilan chegaradagi Yan shahri Yuepan (悅般都督府, Yuèpān Dūdùfû) qoʻmondonligining markaziy qarorgohi boʻlgan, Gʻazna esa Tiaji qoʻmondonligining (條枝都督府, Tiáozhī Dūdùfû) markaziy qarorgohi boʻlgan. Xitoy manbalarida, xususan, Sefu Yuanguy yilnomalarida yozilishicha, Kobuldagi turklar Toxar yabgʻuligining vassallari boʻlgan. Toxar Yabgʻusi Pantu Nilining yosh ukasi (xitoy manbalarida Puluoʻ' (僕羅)) eramizning 718-yilida Siandagi Tang sulolasi saroyiga tashrif buyurib, Toxar viloyatidagi harbiy kuchlar haqida maʼlumot bergan: "Ikki yuz oʻn ikki saltanat, valiy va amirlar, yabgʻular hokimiyatini tan olishgan (ular orasida „ Zobul shohi ikki yuz ming askar va otlarni, Kobul shohi ikki yuz ming askarni boshqaradi“)", deb alohida eslatib oʻtgan).

Arablar bilan ziddiyat right|thumb|343x343px|Kobulshohlar Hindiston yarimorolidagi musulmon istilolari taʼsirida boʻlgan. Ushbu xaritada quyidagilar tasvirlangan (ranglar bilan bogʻliq maʼlumotlar):

Choʻl hududlari (Registon choʻli va Tar choʻli) Zunbillar Turk Shohlar Kashmir qirolligi Sind qirolligi (632—711) keyinchalik Arab xalifaligining Sind viloyati (712—854) Maitraka qirolligi (475—776) Barha Tegin davrida Kobulshohlar arablarga qarshi hujumga oʻtdi. Abdurrahmon ibn Samura 665-yilda Siston gubernatori qilib tayinlandi. Shu yilda Kobulshohlar arab qoʻshinlarining hujumini qaytarishib, Araxosiya va Qandahor mintaqalarigacha boy berilgan hududlarni qaytarib oldi. Poytaxt Kapisadan Kobulga koʻchirildi. Milodiy 671-yilda Rabi ibn Ziyod al-Horisiy Siston gubernatori lavozimini egallaganida qarshi hujum qilib, lashkargohdagi turkiy Rutbillarga hujum qilishgan. Va ularni ar-Ruxxaj (Araxosiya)ga haydab yubordi. Rabining vorisi Ubaydullloh ibn Abu Bakr eramizning 673-yilda noib qilib tayinlandi va u ham ushbu urushni davom ettirdi. Kobulshohlar Kobul va Zobuliston oʻzlarida qolishi uchun tinchlik sulhini qabul qilishga majbur boʻlishdi, Rutbil va Kobul shohi (Kobulshohlar) Siston gubernatori bu hududlarni nazorat qilishini tan olishga majbur boʻlishdi. Barha Tegin hukmronligi haqida koʻp maʼlumot mavjud emas, lekin ilk Kobulshohlar sulolasi tangalari uning davrida zarb qilingan. Barha teginning oʻrniga oʻgʻli Teginshoh(680) keldi, uning shohlik unvoni „Xurosonlik Tegin Shoh“ boʻlgan, u Umaviylar xalifasiga kuchli qarshilik koʻrsatgan boʻlishi mumkin. U hukmronlik qilgan hududlar Kobulistondan Gandharagacha boʻlgan hududni oʻz ichiga olgan. Dastlab Zunbillar sulolasiga asos solgan katta akasi Rutbil (turkcha Eltäbär) tomonidan boshqarilgan Zobuliston ham keyinchalik uning hududiga kirdi. Zobul va Kobul shohlari munosabatlari baʼzida keskinroq edi, lekin ular arab bosqinlariga qarshi birgalikda kurashishganr. 683-yilda arablar yana bir bor Kobul va Zobulistonni olishga harakat qilishgan, ammo qoʻlga kirita olmadilar. Arablarning sarkardasi Abu Ubayda ibn Ziyod Kobulda asirlikka tushgan va Seyiston hokimi Yazid ibn Ziyod shaharga hujum qilganda oʻldirilgan. 684—685-yillarda Kobul qisqa muddatga arablar nazoratiga oʻtgan. 698-yilda Umaviylar xalifaligidan Ubaydulloh ibn Abu Bakr zunbillarga qarshi qoʻshinni boshqarib bordi va magʻlubiyatga uchradi. Katta tovon toʻlashga, uch oʻgʻlini garovga berishga va Zunbillarning hududiga boshqa bostirib kirmaslikka qasamyod qilishga majbur boʻldi. Arab qoʻmondoni Ibn al-Ash’as taxminan 700 ga yaqin askari boʻlgan „Tovus qoʻshini“ bilan yana bostirib kirishga harakat qildi, biroq turklar bilan tinchlik shartnomasi tuzishga majbur boʻldiHugh Kennedy,The Great Arab Conquests',2007, pages 194-198. Taxminan 710-yilda Teginshoh Zobuliston ustidan toʻliq hukmronlikni qoʻlga kiritgan. Buni Xitoy yilnomalaridagi maʼlumotlardan koʻrish mumkin, unda Zobuliston hukmdorlari „Jibin (Kobul)ga boʻysungan“ deb keltirilgan. Bu davrda Zunbillar va Kobulshohlar arablarga vaqti-vaqti bilan soliq toʻlagan yoki toʻlashga majbur boʻlgan koʻrinadi. Bu bilan u qandaydir siyosiy qaramlikni tan olgan, biroq arablar toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy kuch ishlatishga uringanlarida, qattiq qarshilikka uchragan. Milodiy 711-yildan boshlab Kobulshohlar janubi-sharqdan ham musulmonlar tahdidiga duch kela boshladi, chunki Muhammad ibn Qosimning yurishlari Panjob sarhadlaridan Moʻltongacha boʻlgan hududda edi, bu milodiy 854-yilgacha davom etadi.

Manbalar orasidagi qarama-qarshiliklar Balozuriy ham Tabariy kabi oʻsha davrda sodir boʻlgan voqealarni asarlarida keltiradi, lekin ularni biroz Tabariydan boshqacha taʼriflaydi.

Masalan: Tabariy Kobulshohning 661-yilda qochib ketishi haqida yozsa Balazuriy ushbu yilda Kobulshoh tomonidan Kobulni arablardan qaytarib olinishi haqida yozgan. Bu yerda tasvirlangan voqealarda nomuvofiqlikni koʻramiz: 661-680-yillarda Kobulshoh arablardan Kobulni qaytarib oladi, shu bilan birga Kobuldan qochib ketadi degan xulosa kelib chiqadi. J. Markvart va A.Rahmon ham Tabariy maʼlumotlariga shubha bilan qaragan. A.Rahman taʼkidlaydi: Tabariy batafsil maʼlumot bergan, lekin Zobuliston bilan aloqalar va yillardagi maʼlumotlarda chalkashlik mavjud.

Tan sulolasi sarmoyasi Milodiy 719—720-yillarda Kobulistonlik Tegin(Teginshoh) va Zobulistonlik Eltabar(baʼzida „Shiquer“ deb ataladi) Siandagi Tan sulolasining imperatori Syuantszunga birgalikda elchilar yubordilar. Xitoy imperatori yordam uchun farmonni imzoladi va Kobulshohlarga qaytarib elchi yuborigan Teginshohning taxtga oʻtirganini va buni Xitoyliklarning rasman tan olishi Tangshu yilnomalarida uchraydi : thumb|Milodiy 719—720-yillarda Tan imperatoridan yordam olgan turk shohlar hukmdori, Teginshoh(Jibin (Kobul) podshohi, Xalaj Tegin (hukmdori)")ning tangadagi tasviri.