Abu Abdulloh al-Antokiy (; Ahmad Antokiy nomi bilan ham tanilgan; 757-yil — 830-yil) — taniqli tasavvuf shayxi. Xalq orasida avliyo sifatida tanilgan.
Biografiyasi Shariat va tariqat ilmining yetuk bilimdoni. Bishr al-Hofiy, Sariy as-Saqatiyga yaqin maslakdosh. Horis al-Muhosibiyning shogirdi. Ansoriy, Jomiy va Navoiy tazkiralarida uning asl ismi Ahmad bin Osim al-Antokiy tarzida zikr qilingan, ammo ushbu tazkiralardan shu nomdagi boshqa bir shayxning tarjimai holi ham o‘rin olgan. Bu ikki shayx aslida bir kishi ekanligi ehtimoldan xoli emas.
Manbalar
Adabiyotlar
Alisher Navoiy. TAT. — T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIU, 2011. X, 142; Alisher Navoiy. Qomusiy lug‘at. — T.: 2016. I.
Havolalar