Buyuk Ipak Yoʻli koʻchasi — Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi va Traktorsozlar shaharchasi oraligʻida joylashgan ko'cha. Uzunligi 8 kilometrdan ziyod.

Tarixi Koʻcha XIX asrning oxirlarida tashkil topgan va Nikolsk qishlogʻini (hozirgi Navroʻz bozori atrofi) shahar bilan bogʻlagan. Shu bois dastlab Nikolsk koʻchasi deb atalgan. XX asrning 40-yillaridan boshlab rus yozuvchisi, adabiyotshunosi Anatoliy Lunacharskiy (1875-1933) nomi bilan yuritilgan. Dastlab koʻcha boshi Pushkin maydonidan boshlangan va koʻcha oxiri (1967-yilgacha) Toshkent viloyatiga qarashli boʻlgan. Toshkent zilzilasidan (1966) keyin rekonstruksiya qilingan. Koʻchaning Katta halqa yoʻli bilan kesishgan qismida koʻprik osti yoʻli qurilgan. 1992-yil 7-mayda koʻchaga Buyuk Ipak Yoʻli nomi berildi va koʻcha kengaytirildi, obodonlashtirildi.

Binolar Koʻcha yoʻnalishida koʻp qavatli turar joy binolari, yakka tartibdagi uyjoylar, „Buyuk Ipak Yoʻli“ metro bekati, „Sayohat“ mehmonxonasi, Markaziy harbiy sport klubiga qarashli sport majmuasi, „Gulshan“ madaniyat va istirohat bogʻi, Traktor zavodi va uning sport majmuasi, 1-markaziy shifoxona, maktablar, bogʻchalar, maʼmuriy binolar, firmalar, dorixonalar, savdo doʻkonlari, banklar, maishiy xizmat koʻrsatish, umumovqatlanish va avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchapari, avtobuslar boshbekati bor.

Yaqinida „Turon“ sanatoriysi va Ahmad Yugnakiy dahasi joylashgan.

Yana qarang Toshkent koʻchalari roʻyxati

Manbalar

Turkum:Toshkent koʻchalari