Dilshod Hamidovich Ahatov — oʻzbek diplomati. 2023-yil 27-sentyabrdan Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi. 2010—2013-yillarda Oʻzbekistonning Olmoniya, Shveysariya, Shvetsiya, Chexiya va Ispaniyadagi elchisi. 2020—2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston, Bangladesh va Nepaldagi elchisi boʻlib faoliyat yuritgan.
Maʼlumoti 1993-yilda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini, 1995-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Nemis, rus va ingliz tillarida gapiradi.
1995-1999 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa davlatlari departamenti referenti, attashesi.
1999-2003 — O‘zbekiston Respublikasining Olmoniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi uchinchi kotibi.
2003-2007 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i.
2007-2010 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa va NATO davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
2010-2013 — O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasi, bir vaqtning o‘zida Shveysariya, Chexiya, Shvetsiya va Ispaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
2013-2016 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining BMT va xalqaro tashkilotlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i.
2016-2018 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa va NATO mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i.
2018-2018 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ikki tomonlama hamkorlik bosh boshqarmasi boshlig‘i.
2018-2020 — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.
2020-yil 18-iyuldan 2023-yil 26-sentyabrgacha O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasi, bir vaqtning o‘zida Bangladesh hamda Nepaldagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlanadi va bu lavozimda 2023-yilgacha faoliyat yuritadi.
2023-yil 27-sentyabrda Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi lavozimiga tayinlangan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonning Hindistondagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Shveysariyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Chexiyadagi elchilari Turkum:Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilari Turkum:Yashayotgan insonlar