Baytu-l-mol (arab. “mol-mulk uyi”) - musulmon mamlakatlarida davlatga tegishli molning muhofaza qilinishini ta’minlaydigan, davlat xazinasini tashkil etadigan hamda moliyaviy ishlarni tartibga soladigan huquqiy maqomga ega bo‘lgan moliyaviy-idoraviy tashkilot hisoblangan. Baytu-l-molni dastlab xalifa Umar ibn al-Xattob (ra) ta’sis qilgan. Undagi boyliklar asosan xiroj, jizya, zakot, hums kabi soliklardan to‘plangan. Baytu-l-mol davlatning har qanday moliyaviy ishlarini, xususan, kirim-chiqim, maoshlar kabi masalalarni tartibga soladigan mustaqil tashkilot bo‘lgan. Manbalar

Adabiyotlar