Zulfazl Hamza as-Sobotiy (arabcha: ذو الفقل حمزة السوباتي — Zulfazl Hamza as-Sobotiy (XI asrda yashagan)) — faqih va roviy.
Hayoti Zulfazl Hamza as-Sobotiy „Sobot“ qishlog‘ida tavallud topgan. Zulfazl Hamza as-Sobotiy ilm-maʼrifat yo‘lida Samarqandga borib, u yerda muqim yashaydi va „Amir Nunad“ mahallasida mudarrislik qiladi. Zulfazl Hamza as-Sobotiy o‘z zamonasida ko‘zga ko‘ringan faqihlardan biri boʻlib, fatvo berish huquqiga ega bo‘lgan. Zulfazl Hamza as-Sobotiy Juzjoniya dahasida shayx Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh Najjordan 437/1045-yilda hadis eshitib yozib olganligi manbalarda taʼkidlangan. Shuningdek, Zulfazl Hamza as-Sobotiy hadislarni Muso ibn Horis ibn Ujayf Xuqaniydan ham rivoyat qilgan. Mavjud manbalarda allomaning tavallud topgan yoki vafot etgan yili haqida birorta maʼlumot keltirilmagan. Agarda Najjordan 437/1045-yilda hadis eshitib yozib olganligidan xulosa qilsak, uning vafoti sanasini 437/1045-yildan keyin deb belgilasak bo‘ladi.Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 606. .
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Islom:Shaxslar