Qirgʻiziston iqtisodiyoti koʻp jihatdan qishloq xoʻjaligiga bogʻliq. Mamlakatda paxta, tamaki, jun va goʻsht asosiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hisoblanadi, biroq faqat tamaki va paxta sezilarli miqdorda eksport qilinadi. Healy Consultants maʼlumotlariga koʻra, Qirgʻiziston iqtisodiyoti koʻp miqdorda oltin, simob va uran zaxiralariga ega boʻlib, u shu mahsulotlarning sanoat eksporti hamda chet ellik ishchilarning pul oʻtkazmalariga tayanadi. Mustaqillikka erishgandan soʻng, Qirgʻiziston takomillashtirilgan tartibga solish tizimi va yer islohoti kabi bozor islohotlarini amalga oshirishda ilgʻor yoʻl tutdi. 1998-yilda Qirgʻiziston Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) davlatlari orasida birinchi boʻlib Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻldi. Mamlakat korxonalaridagi davlat aksiyalarining katta qismi sotib yuborilgan. Qirgʻizistonning iqtisodiy koʻrsatkichlarining jadal oʻsishiga keng yoyilgan korrupsiya, xorijiy investitsiyalarning kamligi va umumiy mintaqaviy beqarorlik toʻsqinlik qilmoqda. Bu muammolarga qaramay, Qirgʻiziston dunyoda biznes yuritish qulayligi indeksi boʻyicha 80-oʻrinni egallagan (2020-yil holatiga koʻra).

Moliya 2012-yil oktyabr oyida Qirgʻiziston milliy bankining xalqaro zaxiralari va xorijiy valyuta likvidligi 1,96 milliard AQSh dollariga yetdi, uning 8,6 foizi oltin zaxiralari hissasiga toʻgʻri keladi. 2012-yilda Qirgʻiziston aktivlarini diversifikatsiya qilish uchun valyuta qabul qilish hajmi Xitoy yuani va Singapur dollari hisobiga kengaytirildi. 2012-yilda mamlakatda oltin sotib olish uchun 1 mlrd. som sarflanishi koʻzda tutilgan va xalqaro zaxiralardagi oltin ulushi 8,6% gacha oʻsgan. Qirgʻiziston milliy banki kelgusida bu koʻrsatkichni 12–15% gacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Sanoat tarmoqlari

Qishloq xoʻjaligi left|thumb| Chuy vodiysidagi sugʻoriladigan dalalar Qishloq xoʻjaligi Qirgʻiziston iqtisodiyotining muhim qismi va sanoatda ish bilan taʼminlanmagan ishchilar uchun ish manbai boʻlib qolmoqda. 2000-yillarning boshlarida mamlakatda natural xoʻjaliklar koʻpaydi. Quyi vodiylarda gʻalla yetishtirish va togʻli yaylovlarda chorvachilik bilan shugʻullanish qishloq xoʻjaligi ishchi kuchining eng katta qismini qamrab oladi. Qirgʻiziston fermerlari asta-sekin gʻalla yetishtirishga oʻtmoqda va paxta hamda tamaki yetishtirishdan voz kechmoqda. Mamlakatdagi boshqa muhim mahsulotlar qatoriga sut mahsulotlari, pichan, chorva ozuqasi, kartoshka, sabzavotlar va qand lavlagi kiradi. Qirgʻizistonda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari shaxsiy tomorqalardan (umumiy hajmning 55 foizi), shaxsiy fermer xoʻjaliklaridan (40 foiz) va davlat fermalaridan (5 foiz) olinadi. Mamlakatda qishloq xoʻjaligi sektorining yanada kengayishi investitsiyalarni koʻpaytirishga qaratilgan bank islohotiga va ishlab chiqarish resurslarini taqsimlashni tartibga solishga qaratilgan bozor islohotiga bogʻliq. Qirgʻizistonda munozarali munozarali masala hisoblangan yer islohoti 1998-yildagi dastlabki qonunchilikdan beri juda sekin surʼatlarda amalga oshirilmoqda. Mamlakatdagi sugʻorish infratuzilmasi ham yomon ahvolda qolmoqda. Qishloq xoʻjaligi Qirgʻiziston yalpi ichki mahsulotining uchdan bir qismini tashkil etadi va aholining uchdan bir qismidan koʻprogʻini ish bilan taʼminlaydi. 

Qirgʻizistonda 2018-yilda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari:

1,4 million tonna kartoshka; 773 ming tonna qand lavlagi; 692 ming tonna makkajoʻxori; 615 ming tonna bugʻdoy; 429 ming tonna arpa; 224 ming tonna pomidor; 218 ming tonna tarvuz; 209 ming tonna piyoz; 176 ming tonna sabzi; 147 ming tonna karam; 144 ming tonna olma; 119 ming tonna bodring; 116 ming tonna sabzavot; 101 ming tonna loviya; 74 ming tonna paxta;

Bundan tashqari, oʻrik (25 ming tonna) kabi boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ham kamroq miqdorda yetishtirilganKyrgyzstan production in 2018, by FAO.

Oʻrmon xoʻjaligi Qirgʻiziston hududining atigi 4 foizini oʻrmonlar tashkil qiladi. Bu hududlarning barchasi davlat mulki boʻlib, hech biridan yogʻoch taʼminoti uchun foydalanilmaydi. Oʻrmonlardan olinadigan asosiy tijorat mahsuloti yongʻoqdir.

Baliqchilik left|thumb| Mahalliy tarzda yetishtirilgan va quritilgan baliqlarni Baliqchi shahridagi yoʻl chetidan xarid qilayotgan odamlar Qirgʻizistonda iqtisodiyotga sezilarli darajada taʼsir koʻrsatadigan baliqchilik sanoati mavjud emas. 2002-yilda akvakultura mamlakatdagi jami yetishtirilgan 142 tonna baliqchilik mahsulotlarining 66 foizini tashkil etgan. Biroq, 2003-yilga kelib akvakultura sohasi inqirozga uchradi va mamlakat boʻyicha jami 26 tonna baliq yetishtirilgan boʻlsa, shundan atigi 12 tonnasi akvakultura hissasiga toʻgʻri keldiKyrgyzstan country profile. .

Kon va foydali qazilmalar Sovet Ittifoqidan keyingi davrda togʻ-kon sanoati tobora muhim iqtisodiy faoliyatga aylandi. Qirgʻizistonda 1997-yilda ochilgan Qumtor oltin koni dunyodagi eng yirik oltin konlaridan biridir. Yeruy hamda Taldi-Buloqda yangi oltin konlarini ochish rejalashtirilgan va 2006-yil oxirida Toʻxtanisoyda yirik hajmli oltin topilganligi eʼlon qilingan. Mamlakatdagi Qirgʻizaltin davlat agentligi barcha konlarga egalik qiladi, ularning aksariyati xorijiy kompaniyalar bilan qoʻshma korxona sifatida ishlaydi. Sovet davridagi muhim foydali qazilmalar boʻlgan uran va surma keyinchalik katta miqdorda ishlab chiqarilmagan. 1992-yildan 2003-yilgacha koʻmir qazib olish taxminan 2,4 million tonnadan 411 ming tonnagacha kamaygan boʻlsa-da, hukumat tashqi energiya manbalariga qaramlikni kamaytirish uchun Qirgʻizistonning qolgan muhim konlaridan (2,5 milliard tonnaga baholanmoqda) kengroq miqyosda foydalanishni rejalashtirmoqda. Ushbu siyosatning oʻziga xos maqsadi Qirgʻiziston shimolidagi Qora-Keche konidan unumli foydalanishdir, uning yillik ishlab chiqarish quvvati 500 mingdan 1 million tonnagacha baholanadi. Qirgʻizistonda neft va tabiiy gazning kichik ichki ishlab chiqarish hajmi milliy ehtiyojlarni qondira olmaydi.

Sanoat va ishlab chiqarish Sobiq sovet davrida Qirgʻiziston sanoatida ishlab chiqarish hajmi keskin pasayib ketdi, chunki xomashyo hamda yoqilgʻi yetkazib berish toʻxtatildi va sovet bozorlari yoʻqoldi. Sektor bu qisqarishdan keyin sezilarli darajada tiklana olmadi; agar oltin ishlab chiqarish hisobga olinmasa, 2005-yilda mamlakat sanoati yalpi ichki mahsulotining (YaIM) atigi 14 foizini tashkil etdi. Investitsiyalar va tarkibiy oʻzgartirishlar past darajada saqlanib qoldi, soʻnggi yillarda elektr energiyasi sanoati (anʼanaviy ravishda sanoatning yalpi ichki mahsulotga qoʻshgan hissasining muhim qismi) turgʻunlikka uchradi. Davlat Sovet iqtisodiyotiga katta hissa qoʻshgan mashinasozlik sanoatidan kiyim-kechak va toʻqimachilik sohasiga oʻtishni rejalashtirgan. 2004-yilda tanazzulga yuz tutgunga qadar oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash mamlakat sanoat ishlab chiqarishining 10-15 foizini tashkil etgan. Keyingi yillarda esa shisha sanoati jalb qilingan investitsiyalar hamda YaIMga hissa qoʻshish boʻyicha kiyim-kechak va toʻqimachilik sohasidan oʻzib ketdi. 2000-yillar boshida avtomobil yoʻllari va yangi oltin konlari kabi yirik infratuzilma loyihalari tufayli qurilish sanoati barqaror rivojlandi. Biroq, uy-joy qurilishi investitsiyalar yetishmasligi sababli orqada qolmoqda.

Energiya Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 90 foizdan ortigʻi gidroenergetika hissasiga toʻgʻri keladi va mamlakat bunday toza energiyani yanada koʻproq ishlab chiqarishi hamda qoʻshnilari va mintaqaga eksport qilishi mumkin. Qirgʻizistonda suv resurslari koʻp boʻlsa-da, hozirgacha uning 10 foizdan kamrogʻi oʻzlashtirilgan. Mamlakatning qazib olinadigan yoqilgʻi zaxiralari cheklangan va tabiiy gaz importining katta qismi Qirgʻiziston bilan bir qator nomukammal barter kelishuvlariga ega boʻlgan Oʻzbekistondan keladi. Aholi jon boshiga energiya isteʼmoli oʻrtacha daromadni hisobga olgan holda yuqori darajani tashkil etadi va hukumat talabni kamaytirish boʻyicha keng qamrovli rejaga ega emas. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 45 foizigacha boʻlgan qismi qishda sarflanadi. GESlar mamlakatda isteʼmol qilinadigan elektr energiyasining qariyb 92,5 foizini ishlab chiqaradi; Qirgʻizistonda uchta tijorat termoelektr stansiyasi ishlamoqda. Mamlakat gidroenergetikaga boyligi tufayli Qozogʻiston va Oʻzbekistondan qazib olinadigan yoqilgʻi olib, evaziga elektr energiyasini joʻnatadi. Norin daryosidagi Qambarota yangi gidroelektrostansiya Xitoy va Rossiyaning bir qismini elektr energiyasi bilan taʼminlab, Qirgʻizistonning eksport salohiyatini hamda ichki energiya taʼminotini yaxshilaydi. Mazkur stansiya 2010-yil 30-avgustda qurib bitkazildi. Eskirgan infratuzilma va samarasiz boshqaruv tufayli Qirgʻiziston qishda, suv darajasi past boʻlgan paytda xorijiy energiyaga koʻproq qaram boʻlib qolmoqda. 2000-yillarning boshlarida Qirgʻiziston gidroenergetika salohiyatining atigi 10 foizidan foydalanar edi. 2001-yilda Qirgʻizistonda taxminan 500 ta podstansiya xizmat koʻrsatadigan 70 ming kilometrga yaqin elektr uzatish liniyalari mavjud edi. Mamlakat 2006-yilda Rossiyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi neft, gaz va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilari, isteʼmolchilari hamda tranzit mamlakatlarini oʻzini oʻzi energiya bilan taʼminlaydigan blokda birlashtirish taklifiga binoan Shanxay hamkorlik tashkilotining Osiyo energetika klubiga aʼzo boʻladi. Klubning boshqa aʼzolari Xitoy, Qozogʻiston, Tojikiston va Oʻzbekistondir.

Qirgʻiziston Yevropa Ittifoqining INOGATE energetika dasturining hamkor-mamlakati boʻlib, bu dastur toʻrtta asosiy mavzuni oʻz ichiga oladi: energiya xavfsizligini oshirish, aʼzo davlatlarning energiya bozorlarini Yevropa Ittifoqining ichki energiya bozori tamoyillari asosida yaqinlashtirish, barqaror energiya taraqqiyotini qoʻllab-quvvatlash hamda umumiy va mintaqaviy ahamiyatga ega energetika loyihalariga investitsiyalarni jalb etish.

Qirgʻiziston energetika sanoatida Janubiy Koreya uslubida ishlab chiqarilgan yeontan (yontan) toshkoʻmiri mashhur boʻlib bormoqda.

Xizmatlar thumb| Issiq-Ota kurortidagi suzish havzasi Mamlakatda sovet davridan keyingi davrda xizmat koʻrsatish sohasida kuzatilgan sezilarli oʻsish asosan kichik xususiy korxonalar vujudga kelishi bilan bogʻliq. Markaziy bank Qirgʻiziston Respublikasi milliy banki boʻlib, u nominal jihatdan mustaqil, lekin hukumat siyosatiga amal qiladi. 1991-yildan beri bank tizimi bir necha bor isloh qilingan boʻlsa-da, investitsiyalashda unchalik katta rol oʻynamaydi. Bankdagi yuqori foiz stavkalari qarz olishni toʻxtatdi. Qimmatli qogʻozlar bozori 1995-yilda ochilgan, ammo uning asosiy vazifasi davlat qimmatli qogʻozlari bilan savdo qilishdir. Akayev rejimining iqtisodiy islohotlari tufayli Sovetdan keyingi davrda koʻplab kichik savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari ochildi. Qirgʻizistonning togʻlari va koʻllari jozibador sayyohlik maskani boʻlsa-da, mamlakatda turizm sanoati juda sekin oʻsdi, bunga sabab qilib sohaga sarmoya kiritilmaganini keltirish mumkin. Qirgʻizistonga 2000-yillarning boshlarida har yili oʻrtacha 450 mingga yaqin sayyoh tashrif buyurgan, ularning asosiy qismi esa sobiq Sovet Ittifoqi davlatlaridan boʻlgan.

Tashqi savdo left|thumb| Qirgʻiziston eksporti 2006-yil right|thumb| Dordoy bozoridagi yuk tashish konteynerlari orasiga toʻxtab turgan mashinalarda savdo qilayotgan savdogarlar