Zayed Sports City stadioni () — Birlashgan Arab Amirliklari, Abu-Dabidagi Zayed Sports Siti shahrida joylashgan stadion.
BAAdagi eng katta stadion boʻlib sigʻimi 45 000 tashkil etadi „2019 AFC Asian Cup Welcome Guide“. Asian Football Confederation. Retrieved 11 January 2019.. Stadion BAAning 200 AED banknotida tasvirlangan.
Stadion 1979-yilda ochilgan va 2009-yilda taʼmirlangan.
Stadion 1996-yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qilgan, shu jumladan final bahsida Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni uchrashuvi boʻlib oʻtgan va yakunda Birlashgan Arab Amirliklari penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgan. Stadion shuningdek, 2003-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati va 18-Arab koʻrfazi kubogiga mezbonlik qilgan. 2009 va 2010-yilgi klublar oʻrtasidagi jahon chempionatlarining yarim final va final oʻyinlari ham ushbu stadionda boʻlib oʻtgan. Stadion yana 2017 va 2018- yillarda klublar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilgan. Shuningdek , 2019-yilgi Osiyo Kubogi ham boʻlib ushbu stadionda boʻlib oʻtdi. Unda ochilish va final oʻyinlari oʻtkazildi.
Tarixi
Rivojlanishi left|thumb| 1960-yillarda Yorn-Piter Shmidt-Tomsen va Konrad Roland tomonidan ishlab chiqilgan Abu-Dabidagi sport stadioni modeli. Birlashgan Arab Amirliklarining o‘sha paytdagi prezidenti Shayx Zayd bin Sulton Ol Nahayonning xohishi bilan 1974-yilda Abu-Dabida yuqori xalqaro standartlarga ega keng qamrovli sport majmuasini qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Stadionning tashqi dizayni maydon logotipida hamda 200 AED banknotida aks ettirilgan.
Taʼmirlash ishlari thumb| Stadion 2007-yilgi 18-Arab koʻrfazi kubogi paytida Yillar davomida stadion xalqaro tadbirlarni oʻtkazish uchun sezilarli darajada taʼmirlandi. Mehmondoʻstlik zonalari, jumladan Royal Box ichki va tashqi koʻrinishi, VIP oʻrindiqlar va media oʻrindiqlari yillar davomida qoʻshib borildi. 2003-yilda ikkala oxirgi zonada ikkita skorbord qoʻshildi. Taʼmirlash ishlari sababli stadion sigʻimi 43.791 ga tushdi.
2019-yilgi Osiyo kubogi Zayed Sports City Stadium 2019-yilgi Osiyo Kubogining sakkizta oʻyiniga mezbonlik qildi jumladan ochilish oʻyini, 1/8 final va chorak final oʻyinlari hamda final. Sana Vaqt 1-sonli jamoa Res. Mezbon jamoa Bosqich Tashrif 2019-yil 5-yanvar 20:00 1-1 A guruhi 33 878 2019-yil 8-yanvar 17:30 3-2 D guruhi 4,779 2019-yil 10-yanvar 20:00 0-2 A guruhi 43 206 2019-yil 13-yanvar 17:30 0-1 F guruhi 12,110 2019-yil 17-yanvar 20:00 0-2 E guruhi 16 067 2019-yil 21-yanvar 21:00 3-2 (aet) 16-tur 17 784 2019-yil 25-yanvar 17:00 0-1 Chorak final 13 791 2019-yil 1-fevral 18:00 1-3 Final 36 776
Tadbirlar Zayed Sports City Stadium oʻz tarixida yuzlab katta va kichik tadbirlarga mezbonlik qilgan. Ulardan baʼzilari nafaqat stadion, balki Abu-Dabi, BAA va GCC tarixida ham iz qoldirgan.
1980-yil — Doʻstlik futbol turniri 1981-yil — Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi 1982-yil — 6-Arab koʻrfazi kubogi 1983-yil — Saudiya va Quvayt harbiy futbol uchrashuvi 1984-yil — Futbol boʻyicha Olimpiya oʻyinlari saralash oʻyinlari 1984-yil — Xalqaro atletika uchrashuvi (shu jumladan Italiya terma jamoasi) 1985-yil — Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati 1986-yil — Futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi 2-Osiyo chempionati 1988-yil — Osiyo Kubogi saralash oʻyinlari 1989-yil — Amerika Rodeo festivali (BAA 18-milliy kuni munosabati bilan) 1991-yil — Abu Dabi politsiya boshqarmasi futbol turniri 1994-yil — 12-arab koʻrfazi kubogi 1996-yil — Osiyo kubogi 1998-yil — Arab ritsarlari festivalining yopilish marosimlari 1999-yil — FIQ boʻyicha 14-jahon bouling chempionatining ochilish marosimi 2003-yil — FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 2007-yil — 18-Arab koʻrfazi kubogi 2008-yil — Jorj Maykl va Alisiya Keys kontserti 2009-yil — FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati 2010-yil — FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati 2011-yil — BAAning 40-milliy kunining rasmiy marosimi 2013-yil — Monster Jam 2014-yil— Nitro Circus Live 2017-yil — FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati 2018-yil — FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati 2019-yil — Osiyo kubogi 2019-yil — Butunjahon yozgi maxsus Olimpiya oʻyinlari 2019-yil — BAA Milliy kunini nishonlash
Manbalar
Turkum:Birlashgan Arab Amirliklari stadionlari Turkum:Abu-Dabidagi futbol stadionlari Turkum:AFC Osiyo kubogi stadionlari