Katta Oltintepa mahallasi (Oltintepa koʻchasi, 318) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahalla. Oltintepa-10, Alpomish va Avayxon mahallalari bilan chegaradosh. 1987-yil tashkil topgan. 1996-yil 29-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatgan olingan. Dastlab „Oltintepa-5“ deb atalgan. 2005-yilda Boʻzariq mahallasi deb oʻzgartirilgan. Aholisi 3500 kishi, koʻp millatli (2008). Mahalla hududida oʻrta maktab, bolalar bogʻchasi, kasb kasalliklari kasalxonasi joylashgan.
Manbalar
Turkum:Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahallalar