thumb|250x250px|Idl-Ural, Volga (Privolzhsky) Federal Bölgesi'nin merkezinde. Idil-Ural (tatarcha: Идел-Урал, ruscha: Идель-Урал) — tom maʼnoda Volga-Ural, Sharqiy Yevropadagi tarixiy mintaqa boʻlib, hozirgi Rossiya hududida joylashgan. Idil-Ural — Volga-Ural daryolarining boshqa shakldagi nomlanishi sanaladi. Tez-tez ishlatiladigan ruscha varianti Volgo-Uralye (ruscha: Волго-Уралье)dir. Idil-Ural atamasi koʻpincha Rossiyaning ushbu mintaqadagi 6 ta respublikasiga nisbatan ishlatiladi. Bular: Boshqirdiston, Chuvashiya, Mariy El, Mordoviya, Tatariston va Udmurtiyadir. Idil-Ural — Volga federal okrugi (Povolje, Povoljye)ning markazidir.

Tarixi Idil-Ural XVI asrda Rossiya podsholigi tomonidan bosib olinishidan avval mintaqada mahalliy Ural qabilalari va bir qator davlatlarga, jumladan, Volga-Kama Bulgʻoriyasi, Xazarlar, Oltin Oʻrda va Qozon xonligiga qarashli boʻlgan.

Dini Mintaqadagi asosiy din islom va pravoslav xristianlikdir.

Yana qarang

Privoljsk federal okrugi Kuvandykskiy tumani

Manbalar

Turkum:Rossiya geografiyasi Turkum:Tarixiy viloyatlar