Mavlono Riyoziy II (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Zova viloyati qozisi ekani, feʼl-atvori murakkabligi, qozilik mansabiga noloyiq ishlar qilgani uchun vazifasidan ozod qilingani, keyinchalik qancha harakat qilmasin mansabiga qayta tiklana olmaganligi haqida yozadi. “Navodir ush-shabob”ning 27-qitʼasida ushbu voqeaga yana munosabat bildirib, qozi boʻladigan kishi fiqh ilmini mukammal bilishi kerakligi, Mavlono Riyoziy riyozat ilmiga yaqin boʻlib, fiqhdan bexabarligi sababli qozilik lavozimiga noloyiq degan xulosaga keladi:Riyoziy boʻlsa qoziy, bas ajabdur,

Kerakkim fiqh ilmin bilsa qoziy.

Anga chun fiqhdin aslo xabar yoʻq,

Ne yangligʻ bas boʻlur qozi Riyoziy.Mavlono Riyoziy minbarda vaʼz aytganda oʻz sheʼrlarini oʻqib, yigʻlab behush boʻlar ekan. Navoiyning yozishicha, bir kuni shogirdlari bilan togʻ sayliga borishganida, tosh yumalatishgan va u toshning biri bir bechoraga tegib, vafot etgan. Shunda Mavlono Riyoziy qochib ketgan va uni topa olishmagan. “Majolis un-nafois”da Mavlono Riyoziyning quyidagi bayti keltirilgan:Malak shusta ba obi Xizr agar domoni man budi,

Hanoʻzam, dasti dur az domani jononi man budi.

(Mazmuni: Agar malak mening etagimni tiriklik (Xizr) suvi bilan yuvganda edi, mening jononim boʻlsang ham etagimni tutolmasding).

Manbalar Turkum:Navoiyshunoslik