thumb|300x300px|Braziliya obligatsiyalari 2014-yilgi Braziliya iqtisodiy inqirozining bir qismi sifatida 2014-yil avgust oyidan boshlab inverted rentabellik egri chizig‘iga ega edi.
Braziliya Markaziy banki () Braziliyaning markaziy banki hisoblanadi. U 1964-yil 31-dekabr payshanba kuni, Yangi yil arafasida tashkil etilgan.
Bank hech qanday vazirlikka aloqador emas, hozirda mustaqil hisoblanadi. Boshqa markaziy banklar singari, Braziliya Markaziy banki ham mamlakatning asosiy pul-kredit organi hisoblanadi. U bu vakolatni uch xil muassasa yordamida amalga oshiradi: Valyuta va kredit byurosi (SUMOC), Braziliya banki (BB) va Milliy Gʻaznachilik.
Braziliya pul-kredit siyosatining asosiy vositalaridan biri Markaziy bankning SELIC kursi deb ataladigan overnayt kursidir. U bankning Pul-kredit siyosati qoʻmitasi (COPOM) tomonidan boshqariladi.
Bank moliyaviy inklyuzivlik siyosatini ilgari surishda faol ishtirok etadi va Moliyaviy inklyuzivlik alyansining yetakchi aʼzosi hisoblanadi. 2011-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan Global siyosat forumida, Braziliya Markaziy banki, shuningdek, Mayya Deklaratsiyasiga muvofiq moliyaviy inklyuzivlk boʻyicha maxsus milliy majburiyatlarni qabul qiluvchi dastlabki 17 tartibga soluvchi muassasalardan biridir.
2021-yil 25-fevraldan boshlab bank Federal hukumatdan mustaqildir.
Markaziy bankning mustaqilligi 2020-yil 3-noyabrda “Markaziy bank mustaqilligi toʻgʻrisida”gi qonuni mamlakat Senati tomonidan 56 tarafdor, 12 ta qarshi ovoz bilan qabul qilindi.
Va 2021-yil 10-fevralda Deputatlar palatasida 2021-yil 24-fevraldagi 179-sonli Federal qoʻshimcha qonunni ishlab chiqaruvchi Prezident Jair Bolsonaroning sanksiyasiga oʻzgartirishlar kiritilmagan holda 339 tarafdor va 114 ta qarshi ovoz bilan qonun ma’qullandi.
2021-yil 24-fevraldagi 179-sonli Federal qoʻshimcha qonun bilan u yangi tashkiliy tuzilishga ega boʻlishdan tashqari, mustaqil boʻldi.
Prezidentlari Bankning eng oxirgi prezidentlariGaleria de ex-presidentes do Banco Central do Brasil , BCB, Accessed 18 November 2018:
№ Ism-familyasi Lavozimga kirishish sanasi Lavozimdan ketish sanasi 1 Deniu Shagas Nogeyra 1965-yil 12-aprel 1967-yil 21-mart 2 Ruy Leme 1967-yil 31-mart 1968-yil 12-fevral 3 Ari Burger (v.b.) 1968-yil 8-fevral 1968-yil 20-fevral 4 Ernane Galveas 1968-yil 21-fevral 1974-yil 15-mart 5 Paulu Lira 1974-yil 15-mart 1979-yil 14-mart 6 Karlos Brandan 1979-yil 15-mart 1979-yil 17-avgust 7 Ernane Galveas 1979-yil 17-avgust 1980-yil 18-yanvar 8 Karlos Jeraldu Langoni 1980-yil 18-yanvar 1983-yil 5-sentabr 9 Afpnsu Selsu Pastore 1983-yil 5-sentabr 1985-yil 14-mart 10 Antoniu Karlos Braga Lemgruber 1985-yil 15-mart 1985-yil 28-avgust 11 Fernan Karlos Botelo Brasher 1985-yil 28-avgust 1987-yil 11-fevral 12 Fransisko Gros 1987-yil 11-fevral 1987-yil 30-aprel 13 Lisiu di Fariya (v.b.) 1987-yil 30-aprel 1987-yil 4-may 14 Fernandu di Oliviera 1987-yil 5-may 1988-yil 9-mart 15 Elmu Kamoyns 1988-yil 9-mart 1989-yil 22-iyun 16 Vadiku Bukki 1989-yil 23-iyun 1990-yil 14-mart 17 Ibrohim Eris 1990-yil 15-mart 1991-yil 17-may 18 Fransisko Gros 1991-yil 17-may 1992-yil 16-noyabr 19 Gustavu Loyola 1992-yil 13-noyabr 1993-yil 29-mart 20 Paulu Sezar Shimenes 1993-yil 26-mart 1993-yil 9-sentabr 21 Pedru Malan 1993-yil 9-sentabr 1994-yil 31-dekabr 22 Gustavu Franku (v.b.) 1994-yil 31-dekabr 1995-yil 11-yanvar 23 Persiu Arida 1995-yil 11-yanvar 1995-yil 13-iyun 24 Gustavu Loyola 1995-yil 13-iyun 1997-yil 20-avgust 25 Gustavu Franku 1997-yil 20-avgust 1999-yil 4-mart 26 Arminiu Fraga 1999-yil 4-mart 2003-yil 1-yanvar 27 Enrike Meyrelles 2003-yil 1-yanvar 2011-yil 1-yanvar 28 Aleshandre Tombini 2011-yil 1-yanvar 2016-yil 9-iyun 29 Ilan Goldfayn 2016-yil 9-iyun 2019-yil 28-fevral 30 Roberto Kampos Neto 2019-yil 28-fevral —
Yana qarang
Braziliya reali Toʻlov tizimi
Qoʻshimcha oʻqish uchun
Teylor, Metyu M. (2009). " Siyosat ishlab chiqish orqali institutsional rivojlanish: Braziliya Markaziy bankining misolini oʻrganish". Jahon siyosati . 61 (3): 487–515.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Markaziy banklar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Braziliya Turkum:Janubiy Amerika Turkum:Braziliya Tashkilotlari