Sobirjon Xudoyberdiyev (1925-yil 5-aprel, Shahrixon tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR — 2011-yil 5-dekabr, Andijon viloyati) — oʻzbekistonlik bastakor va sozanda. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi. „Xalq maorifi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni sohibi.

Hayoti Sobirjon Xudoyberdiyev 1925-yil 5-aprelda Andijon viloyati Shahrixon tumanining Vahm qishlogʻida tavallud topgan.

Faoliyati Shahrixon tumanidagi 10-son musiqa maktabiga asos solgan. Toshkent konservatoriyasida 1–3-kurslarda gʻijjak cholgʻusini, 4–5-kurslarda chang cholgʻusini oʻrgangan. Sobirjon Xudoyberdiyev boshchiligidagi „Chashma“ ansambili 1956-yil Moskvada boʻlib oʻtgan dunyo festivalida, 1973-yil Ruminiyada boʻlib oʻtgan folklor festivalida qatnashgan.

Yana qarang Nusrat Inoqov Dilnura Qodirjonova Nazirjon Akbarov Yunusqori Yusupov

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Oʻzbekistonlik bastakorlar Turkum:Sozandalar Turkum:Oʻzbekistonlik sozandalar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar