Ming Oyim madrasasi — Qoʻqonda saqlanib qolmagan madrasa. 1809-yilda Qoʻqon xoni Umarxon onasi xotirasiga bagʻishlab Qoʻqon shaxrida Xilbatulla Xoja maxallasida barpo ettirgan.
Tarixi Madrasa bunyod qilingan yili Umarxon unga vaqf mulki taʼsis qilgan. Vaqfnomaga Norboʻtaxon, Umarxon, Muxammad Alixon va oʻsha davr qozilari muhr bosgan. Madrasa vaqfnomasi maʼlumotlariga asoslanganda, Ming Oyim madrasasiga shaxarda 1 ta karvonsaroy va 19 ta doʻkon vaqf qilib berilgan.
Adabiyotlar