Muhammadjon Qosimov (; 1907-yil 9-may, Rishton, Rossiya imperiyasi — 1971-yil 5-iyul, Dushanbe, Tojikiston SSR) — sovet va tojik teatri hamda kino aktyori, teatr rejissyori, SSSR xalq artisti (1941), KPSS aʼzosi (1948). Tarjimayi holi Muhammadjon Qosimov 1907-yil 9-may kuni Rishton qishlogʻi (hozirgi Fargʻona viloyatidagi Rishton shahri) xattot oilasida tavallud topgan. Millati tojik. 8 yoshidanoq Qurʼonni yod olgan. 9 yoshida otasi vafot etadi va onasi Qosimovni etikdoʻzga shogirdlikka berishga majbur boʻladi. Soʻngra onasi oʻgʻlini savodli boʻlishi uchun uni eski usulda oʻqitadigan maktabga beradi. Maktabdagi taʼlimi tufayli Hofiz Sheroziy, Saʼdiy, Bedilning asarlarini oʻqib chiqqan. Qoʻqon pedagogika texnikumi va Toshkentdagi Oʻrta Osiyo kooperativ texnikumida oʻqigan (1928-yilda bitiradi). O‘qishni tugatgach, Rishtonga qaytib, qishloq soveti kotibi, tuman ijroiya qo‘mitasi, tuman iste’molchilar uyushmasida ishlaydi. 1929-yildan boshlab Qosimov havaskorlik spektakllarida qatnashgan. Aktyorlik kasbini tanlashga 20-yillarning o‘rtalarida Rishtonda Hamza Hakimzoda Niyoziy tashkil etgan sayyor teatr truppasining „Layli va Majnun“ pyesasi katta ta’sir ko‘rsatgan. 1931-yildan Stalinobod shahridagi Abulqosim Lohutiy nomidagi tojik drama teatri truppasida to umrining oxirigacha ijodiy faoliyat yuritadi. Qosimov oʻzining birinchi ustozi deb 1930-yillarda Abulqosim Lohutiy nomidagi nomidagi tojik drama teatriga rahbarlik qilgan Homid Mahmudovni bilgan. Aktyorlikdan tashqari, teatr rejissyorligida ham faoliyat yuritgan. 1939-yildan badiiy filmlarni tojik tiliga dublyaj qilishda ishtirok etgan. Tojikiston SSR Kinematograflar ittifoqi aʼzosi (1961). Moskvadagi tojik sanʼati birinchi dekadasi ishtirokchisi (1941).
„Taxmos Xodjentskiy“ (, , S. Saidmurodov bilan hammualliflikda, 1943), „Doroga schastya“ (, , Jalol Ikromiy bilan hammualliflikda, 1949), „Umnomu namyok, durnomu palka“ (, , 1965) pyesalari muallifi. Oilasi Muhammadjon Qosimovning rafiqasi Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist Musharrafa Orifjonova Qosimova (1918-yil 19-dekabr — 2019-yil 2-aprel), farzandlari Tojikiston xalq artisti Farrux Qosimov (1948-yil 17-sentyabr — 2010-yil 7-fevral) va Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist Xurram Qosimovdir (1951-yil 26-may).
Vafoti Qosimov 1971-yil 5-iyulda Dushanbeda vafot etgan. Shaharning markaziy qabristoniga dafn etilgan.
Unvon va mukofotlari Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1939); SSSR xalq artisti (1941); Ikki marta Lenin ordeni (1941, 1957); Ikki marotaba Mehnat qizil bayrogʻi ordeni (1949, 1954); „1941-1945 yillar Ulug‘ Vatan Urushida jasorat bilan qilgan xizmatlari uchun“ medali (1946); Uch marotaba Tojikiston SSR Oliy Sovetining faxriy yorligʻi (1955, 1957, 1957). Ijodiy faoliyati Teatrdagi rollari Abulqosim Lohutiy nomidagi tojik drama teatri
1931 — Komil Yashin, „Dva kommunista“ () — Arslon Komil Yashin, „Otashmezanem“ — Sarimsoq Validov, „Doch pastuxa“ () — Haydarbek Aleksandr Korneychuk, „Platon Krechet“ — Berest 1937 — Fridrix Shiller, „Makr va muhabbat“ — Miller 1939 — Uilyam Shekspir, „Otello“ — Otello 1941 — Sotim Ulugʻzoda, „Krasnopalochniki“ () — Rahimbek 1942 — Lope de Vega, „Ovechiy istochnik“ () — Mengo 1946, 1952 — Nikolay Gogol, „Revizor“ — Gorodnichiy 1947 — Boris Chirskov, „Pobediteli“ ( — general Muravyov 1949 — Huseyn Muxtorov, «Chest semyi» — Allan 1949 — Uygʻun va Izzat Sulton, „Alisher Navoiy“ — Husayn Boyqaro 1950 — M.Zokirov, „Shodiyona“ — Karimov 1952 — M.Zokirov, „Podarok za radostnuyu vest“ 1953 — Boqi Rahimzoda va Abdusalom Pirmuhammadzoda Dehotiy, „Povest o Tarifxodjayeva“ () — Tarifxodjayev 1953 — Abdulla Qahhor, „Shohi soʻzana“ — Mavlon 1954, 1957 — Jalol Ikromiy, „Doxunda“ — Kolesnikov 1957 — Hamza Hakimzoda Niyoziy, „Boy ila xizmatchi“ — Solihboy 1957 — Uilyam Shekspir, „Qirol Lir“ — Lir 1964 — Gʻani Abdullo, „Hurriyat“ — Madaminbek 1968 — Maksim Gorkiyning „Legenda“ () hikoyalari asosida — Amir Temur.
Vladmir Mayakovskiy nomidagi rsu drama teatri (Dushanbe) Nikolay Pogodin, „Chelovek s rujyom“ () — Stalin Nikolay Pogodin, „Kremlyovskiye kuranti“ () — Stalin Vselovod Vishnevskiy, „Nezabivayemiy 1919-y“ () — Stalin Spektakllari Sotim Ulugʻzoda, „V ogne“ (), (H. Rahmatulloyev bilan hamkorlikda) Boris Lavrenyov, „Golos Ameriki“ (), (A. Rahimov bilan hamkorlikda) Uilyam Shekspir, „Otello“
Filmografiyasii
1940 — Na dalney zastave 1942 — Sin Tadjikistana () — Hofiz 1953 — Zastava v gorax — Ismoilbek 1956 — Avitsenna — Maymandiy 1956 — Doxunda — Azimshohboy 1957 — Moy drug Navruzov — Tupalangov 1958 — Visokaya doljnost () — Boboniyoz 1958 — Po putevke Lenina — ishchi 1959 — Nasreddin v Xodjente, ili ocharovanniy prins — Xoʻjand xoni 1959 — Sudba poeta () — Sahl ibn Mansur 1961 — Znamya kuznetsa () — Kova 1962 — Tishini ne budet — Muhammadjon Qurbonov 1965 — Pereklichka — ijro qoʻmitasi raisi 1965 — Hasan Arbakesh — togʻa 1967 — Pod peplom—ogon — Karimov 1968 — Kak velit serdse () — Saidov 1971 — Skazaniye o Rustame () — Zol
Xotira 1973-yilda aktyor hayoti va faoliyati haqida rejissyor M.Mullojonovning „Muhammadjon Qosimov“ nomli hujjatli filmi chiqqan. Galereya
Manbalar
Havolalar
Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:XX asr aktyorlari Turkum:Sovet aktyorlari Turkum:Tojikistonlik aktyorlar Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum: Dushanbedagi Markaziy qabristonga dafn etilganlar