Abulabbos Muhammad as-Saraxsiy (,?, Saraxs — 975 yoki 999-yil) —muhaddis va faqih.

Hayoti va faoliyati Abu-l-Abbos Muhammad as-Saraxsiy mashhur muhaddis, imom va faqih bo‘lib, Buxoro va Nishopurda hadisdan taʼlim olgan, Saraxsda va’zlar o‘qigan. Abu Saʼd as-Sam’oniyning maʼlumotiga ko‘ra, birinchi bo‘lib shofe’iylikni Saraxsda targ‘ib etgan. Iroqda bo‘lgan. Movarounnahr va Xurosonda uning sakkiz shogirdi, Iroq va Marvda uchta ustozi borligi qayd etilgan. „Al-Mu’jam“ nomli hadislar to‘plami muallifi. Adabiyotlar

Islom. Ensiklopediya. — T.: „O‘zME DIN“, 2017. 208.

Manbalar