Murat Hamroyev (; 1983-yil 14-may, Ashxobod, Turkman SSR, SSSR) — turkman futbolchisi, Energetik klubi va Turkmaniston terma jamoasi himoyachisi.
Futbolchilik faoliyati Murat Hamroyev professional faoliyatini 2004-yilda „Nisa“ jamoasi tarkibida boshlagan va 2005-yilning oʻrtalariga qadar u yerda toʻp surgan. Oʻsha yili u „Asudalik“ klubiga oʻtdi, lekin tez orada 2005-yil mavsumning ikkinchi qismida Oʻzbekiston Oliy ligasi vakili Namanganning „Navbahor“ klubi safiga oʻtdi. Namanganliklar safida bir yarim mavsum davomida toʻp surdi. 2007-yilda Oʻzbekistonga yana bir boshqa jamoasi Samarqandning "Dinamo" klubi bilan shartnoma imzoladi.
2009-yil boshida u Oliy liganing boshqa klubi „Olmaliq“ga oʻtdi. „Olmaliq“ jamoasi tarkibida Hamroyev deyarli toʻp surishga ulgurmay Ozarbayjonning „Karvan“ klubiga oʻtdi. „Karvan“ tarkibida Murat Hamroyev 2010-yilning oʻrtalariga qadar oʻn ikkita uchrashuvda maydonga tushdi.
Oʻsha yilning avgust oyida Olmaliqga qaytib, Oʻzbekistonda bir yarim mavsum oʻynadi. Bu vaqt ichida u oʻttiz uchta oʻyinda maydonga tushishga muvaffaq boʻldi va bitta gol urdi. 2012-yilgi mavsum boshida Hamroyev Turkmaniston Yokari ligasiga qaytib, „Bolqon“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
2015-yilda u musoboqaning boshqa bir jamoasi „Ahal“ klubi tarkibiga koʻchib oʻtdi.
Terma jamoa Xamraev 2004-yildan buyon Turkmaniston terma jamoasida oʻynab kelmoqda va shu vaqt ichida milliy terma jamoada 7 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Yutuqlar
Turkmaniston chempioni: 2012-yil Turkmaniston vitse-chempioni: 2004-yil Turkmaniston kubogi sohibi: 2012-yil Turkmaniston Superkubogi sohibi: 2012-yil OFK Prezidenti kubogi sohibi: 2013-yil
Manbalar
Havolalar
Milliy futbol jamoalari saytidagi statistika
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Ozarbayjondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkmanistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:FC Ahal futbolchilari Turkum:FC Nisa klubi futbolchilari Turkum:Karvan FK futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:FK Nebitchi futbolchilari