Mavlaviy Namangoniy ziyoratgohi – maqbara peshtoqida arabcha yozuvlar bilan yozilgan maʼlumotkarga koʻra hijriy 1222-yil milodiy 1806-yillarda XVIII asrning ikkinchi yarmida yashagan mashhur shoir va olim Mavlaviy Mullaxo'ja xotirasiga atab qurilgan, Namangan viloyatida joylashgan ziyoratgoh.
Mavlaviy Mullaxoʻja haqida maʼlumot Mavlaviy Namangoniy haqida ilk maʼlumotlar Muhammad Aziz Namangoniy qalamiga mansub hamda shaxsiy kutubxonasidan oʻrin olgan „Majzubi Namangoniy“ qoʻlyozma devonida va margʻilonlik kotib Usmonxoʻja binni Muhammad Alixo'ja Marg'iloniyning „Risol ul-fuzalo“ (Fargʻona vodiysining fozil kishilari haqida maʼlumot beruvchi kitob)da uchraydi.
Mavlaviy Namangoniy Namanganda Naqshbandiya tariqatining piri komili boʻlgan, shoir va olim sifatida tanilgan Abdulaziz Hasanxo'ja o'g'li Majzub Namangoniyning ustozi ham hisoblanadi.
Maqbara qurilish tarixi Mavlaviy Namangoniy maqbarasining qurilish tarixi boʻyicha asl yozma manbalar mavjud emas. Lekin maqbaraning ilk taʼmiridan boshlab hozirgi kunga qadar oʻtkazilgan meʼmorchilik ishlari va naqqoshlar haqida ayrim maʼlumotlar uchraydi. Xususan, namanganlik shoir Otaxon Nisoriy tomonidan maqbara ichki qismidagi devorlarga bitilgan yozuvlar shular jumlasidan.
Arxitekturasi Mavlon buva majmuasida qabrdan janubroqda peshtoq – gumpazli ziyoratxona binosi qad rostlagan. Panjarali darchadan oddiy sagʻana koʻrinib turadi.
Teng tomonli tarhdagi ziyoratxona (7x7 m), peshtoq janub tomonga qaragan. Peshtoqning ikki yoniga bezaklari gʻoyat hashamdor boʻlgan ikkita minora qad rostlagan, anʼanaviy mezanalar oʻrniga uch boshqichli konus ishlangan.
Bosh fasad juda ham taʼsirchan ishlangan boʻlib, bu yerda mehrobiy va toʻgʻri burchakli tanchalar ishlangan. Peshtoqning yuqorisiga terilgan tokchalar bezak vazifasini oʻtaydi. Boshqa fasadlar tekis boʻlib gʻishtlar suvoqsiz qoldirilgan.
Bino ichi ganch suvoq qilinib, unga moyboʻyoq bilan gul solingan. Gʻarbiy devorda tekis chiqib ishlangan mehrob mavjud. Izofalarida gulli guldon va chiroylik naqshlar tasvirlangan, arab imlosida sheʼrlar bitilgan
Joylashgan joyi Ziyoratgoh Namangan shahrining shimoliy-sharqiy qismida, shimoliy Fargʻona kanalining qirgʻogʻida joylashgan.
Bugungi kunda 110 gektar maydonni egallagan „Mavlono“ qabristoni Namangan shahrining eng katta va koʻplab ulugʻlarimiz dafn etilgan tabarruk joyi hisoblanadi. Bu yerni obod qilish ham savob, ham maʼnaviyat, ham tarbiya boʻladi – deydi viloyat hokimi. Hozirgi kunda ushbu hududni obodonlashtirish boʻyicha hukumatimiz tomonidan salmoqli ishlar qilinmoqda.
Manbalar
Havolalar Mavlono qabristoni va Mavlaviy Namangoniy maqbarasi
Turkum:Namangan meʼmoriy yodgorliklari