Aleksey Negmatov (; 1986-yil 4-yanvar, Tojikiston) – tojik futbolchisi, markaziy va qanot himoyachisi. Futbol boʻyicha Tojikiston terma jamoasi aʼzosi, Tojikiston Respublikasi sport ustasi.

Biografiyasi Aleksey Negmatov 1986-yilning 4-yanvarida Tojikiston Respublikasida tavallud topgan.

Negmatov bolaligidan futbol bilan muntazam shugʻullana boshlagan. 200-yildan boshlab Tojikiston milliy terma jamoasi safida toʻp suradi.

Karyerasi Aleksey Negmatov 2006-yildan 2010-yilga qadar, asosan, Tojikistonning "Vaxsh", Qoʻrgʻontepaning „Tojiktelekom“ hamda Oʻzbekistonning „Andijon“ klublarida faoliyat olib borgan.

Negmatov 2011—2012-yillarda "Regar-TadAZ" terma jamoasi safini himoya qilgan, biroq 2013-yilning mart oyiga kelib, ushbu jamoani tark etadi va Koʻlobning „Ravshan“ klubi nomidan oʻyinlarda maydonga tusha boshlaydi. Ushbu klub tarkibida Negmatov 2013-yilda Tojikiston chempionligini qoʻlga kiritadi.

2014-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Negmatov Tojikiston Oliy ligasida endigina oʻyinlarini boshlayotgan „Daleron-Oʻroteppa“ jamoasi safiga qoʻshiladi va ushbu klub safida ham bir qancha yutuqlarga erishishga muvaffaq boʻladi.

Yutuqlari Aleksey Negmatov futboldagi faoliyati davomida Tojikistonning ikki karra chempionligini qoʻlga kiritgan, shuningdek, uch karra Tojikiston kubogi sohibiga aylangan.

2004-yilda Tojikiston milliy terma jamoasi safida Negmatov oʻzining debyut oʻyinlarini olib borgan, oradan ikki yil oʻtgach, 2006-yilgi OFK Chaqiruv kubogi gʻolibiga aylangan. Shuningdek, terma jamoa safida Negmatov xalqaro musobaqalarda ham maydonga tushirilgan boʻlib, oʻzining milliy terma jamoadagi ilk oʻyinini 2012-yilda Filippinga qarshi kechgan bahsda oʻtkazgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:FC Khatlon futbolchilari Turkum:Tojiktelekom klubi futbolchilari Turkum:Regar-TadAZ klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Osiyo oʻyinlari 2006 futbolchilari Turkum:Ravshan Koʻlob futbolchilari Turkum:FK Daleron-Uroteppa futbolchilari Turkum:Tojikiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari