Kirill Nikolayevich Pasichnik (1993-yil 24-may, Tutayev, Yaroslavl viloyati, Rossiya) — qozog'istonlik futbolchi, himoyachi.
Klubdagi faoliyati „Dnepr“ yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U professional futbolchilik faoliyatini „Dnepropetrovsk“ klubida boshlagan.
2013 yilda Qozog'istonga yo'l oldi. U yerda „Astana“ bilan shartnoma imzoladi. Mavsumning katta qismini poytaxt klubining o'rinbosarlar jamoasida oʻtkazdi. Keyingi mavsumni „Atirau“ tarkibida boshladi. Bu klubda ham asosan zaxira jamosida harakat qildi. Mavsum davomida Qozog‘iston Birinchi ligasidagi „Oqjetpes“ klubiga o‘tib, Oliy ligaga koʻtarilishiga yordam berdi. 2015-yil boshida „Oqjetpes“ning zaxira jamoasida o‘ynadi. Keyinchalik birinchi liga jamoasi — „Baytarek“ safiga oʻtdi. 2016-yilda „Qiziljar“ klubi safida Birinchi ligada 2 ta, Qozogʻiston kubogida 1 ta oʻyinda maydonga tushgan.
2017-yilda esa qo‘shni O‘zbekistonga jo‘nab ketdi va u yerda O‘zbekiston Superligasining „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yil uchun kengaytirilgan tarkibdan joy olgan. Ammo keyingi yilning o‘zidayoq Kirill PasichnikQozog‘istonga qatgan. Qozogʻistonda „Shaxtyor“ va „Shaxtyor U-21“ jamoalarida to‘p surgan. Bundan tashqari, „Shaxtyor-Bulat“ klubida ham faoliyat yuritgan.
2019-yil boshida u „Kyeran“ futbol klubi tarkibida o'ynagan. Ammo yozda Ukrainaga qaytib, „Ujgorod“ flubi safiga oʻtgan. 2019-yil 27-iyul kuni „Gorodyan“ libosida 1-tur doirasidagi Chernovtsining „Bukovina“ jamoasiga qarshi safardagi bahsda g‘alaba qozongan (3:1) o‘yinda debyut qildi. Kirill asosiy tarkibda maydonga tushdi va butun uchrashuvni o'tkazdi. 63 va 89-daqiqalarda Bukovina jamoasi darvozasiga gol urdiBUKOVYNA VS. UZHHOROD 1 - 3 .
Terma jamoadagi faoliyati 2013—2014-yillarda Qozog'iston yoshlar terma jamoasida 7 ta o'yin o'tkazgan.
Yutuqlari
Qozogʻiston Premyer-ligasida link=Файл:Silver_medal_icon.svg|15x15px Kumush medal: 2013-yil
Qozog'iston Superkubogida link=Файл:Cup_Finalist.png Finalchi: 2013-yil
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:FC Astana futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Aktobe futbolchilari Turkum:FC Atirau futbolchilari Turkum:Shaxtyor Qaragʻandi klubi futbolchilari Turkum:Shaxtyor Qaragʻandi-B klubi futbolchilari Turkum:Jetisu klubi futbolchilari Turkum:Taraz klubi futbolchilari Turkum:FC Bayterek futbolchilari Turkum:Oqjetpes klubi futbolchilari Turkum:FC Kiziljar futbolchilari Turkum:FC Kiran klubi futbolchilari Turkum:FC Ujgorod futbolchilari Turkum:FC Skoruk Tomakivka futbolchilari Turkum:SC Poltava futbolchilari Turkum:Shaxtyor-Bulat jamoasi futbolchilari Turkum:FC Podillya Xmelnitskiy futbolchilari Turkum:FSC Bukovyna Chernivtsi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar